Abul-Hasan Ali (?— 1008/1009) – 997 – 1008/1009-yillarda Xorazm hukmdori.

Abul-Hasan Ali
ابوالحسن علی
Xoram hukmdori
Mansab davri
997-yil – 1008- yoki 1009-yil
Oʻtmishdoshi Maʼmun I
Vorisi Maʼmun II
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 1008- yoki 1009-yil
Gurganj
Millati Fors
Bolalari 1
Otasi Abul Abbos Maʼmun
Qarindoshlari Maʼmun II
Dini Islom
Mansubligi Maʼmuniylar
Unvoni Xorazmshoh

Tarjimayi holi tahrir

Maʼmuniylar sulolasi vakili. Abul-Hasan Ali Xorazmshoh Maʼmun I ning toʻngʻich oʻgʻli edi. Uning tugʻilgan yili va yoshligi haqida maʼlumotlar kam. Otasi Abul Abbos Maʼmun 997-yilda vafot etgach, otasining oʻrniga Xorazmning yangi hukmdori boʻladi. Qulay vaziyatlardan unumli foydalanib, Somoniylar davlatining parchalanishi boshlanganda Abul-Hasan Ali birmuncha mustaqillikka erishadi. Xorazmda toʻliq oʻz hukmronligini oʻrnatadi, mahalliy hokimlarni boʻysundiradi. Ayni vaqtda Oʻrta Osiyo, Eron, Bagʻdod va Volgaboʻyi bilan diplomatik va savdo aloqalari oʻrnatiladi.

Abul-Hasan Ali oʻzini yetarlicha qudratli his qilib, 998-yilda oʻz tangalarini (dirhamlarini) zarb qildira boshlaydi. Somoniylar, keyin esa Abbosiy xalifalari qudratini tan oladi. Birinchi zarb qilingan tangalarining old tomonida Abul-Hasan Ali nomi oʻyib yozilgan. Orqa tomonida Somoniylar amiri Abdulmalik II nomi qayd etilgan. Ehtimol, qoraxoniylar va gʻaznaviylar tomonidan yuzaga kelgan harbiy xavf Xorazmshohni dirhamga Somoniy hukmdor nomini qoʻyishga majbur qilgandir. Keyingi tangalarini esa faqat Ali va xalifalar nomlari zarb qilingan.

1004-yilda Xorazmshoh taklifi bilan Maʼmun akademiyasiga rahbarlik qilgan mashhur olim Al-Beruniy Gurganjga qaytib keldi. Akademiyaning har tomonlama faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilib, davlat gʻaznasidan zarur mablagʻlar ajratiladi.

Xorazmshoh Abul-Hasan Ali Gʻaznaviylar tahdidini bartaraf etish maqsadida 1006-yilda Sulton Mahmud Gʻaznaviyning singlisiga uylanadi. Shu bilan birga u Gʻaznaviylarga qarshi qoraxoniylar bilan ittifoq tuzadi. 1008-yil oxirida yoki 1009-yil boshida toʻsatdan vafot etadi. Uning oʻrniga ukasi Maʼmun II taxtga oʻtiradi.

Oilasi tahrir

Xotin – Harra-i Kalji, Sabukteginning qizi.

Bolalari:

  • Abul-Xorit Muhammad, Xorazmshoh 1017-yil

Adabiyotlar tahrir

  • Bosworth, C. Edmund (1985). „ʿALĪ B. MAʾMŪN“. Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 8. C. Edmund Bosworth. 852-bet
  • Dobrovolskiy I. G., Shugurina G. B. Klad kuficheskix monet nachala XI v. iz sela Krasniy Baran (b. Kreщyoniy Baran) v Tatarstane. Novie dannie//Sbornik materialov, posvyaщyonnix pamyati I. V. Dubova. – SPb, 2004. (rus.)