Abulhasan Ali ibn Usmon Hujviriy
Abulhasan Ali ibn Usmon Gʻazna yaqinidagi Hujvir qishlog‘ida tavallud topgan. Dastlabki Shayx Abul Fazl Muhammad ibn Xatliydan ta’limni oladi. Shu bilan birga ustozdan tariqat ilmini ham o‘rganadi. Shundan so‘ng Haj safariga chiqadi. Alloma safar vaqtida va safardan keyin Abul karim Qashiriy, Abusaid Abulxayr, Abuali Faryumodiy singari alloma va muhaddislardan hadis tinglab, yod oladi. Hujviriy 445 yil Lohurda vafot etgan. Sulton Ibrohim uning qabriga maqbara qurilgan.
Asarlari
tahrirAbulhasan Ali ibn Usmon Hujviriyning «Kashfu-l-mahjub», “Qalb sirlaridan xabardorlar hijoblarining kashf etilishi” asari bor. Ushbu asarda uning o‘zi quyidagi asarlar bitganini qayd etgan: “Devon”, “Minxojud-din» («Dinning to‘g‘ri yo‘li”), “Asrorul xiraq val ma’unat» (“Xirqa va ma’un sirlari”), “Kitabu-l-fano va baqo” (“Fano va baqo kitobi”), ”Kitabu-l-bayon li ahli-l-’iyyan” (“Bayon etilgan mohiyat izohlari kitobi”), “Bahrul qulub” (“Qalblar dengizi”), “Al-ri’yyat li huquq Alloh” (“Alloh oldidagi farzlarni saqlash”). «Kashfu-l-mahjub» Laxo‘rda hujvirlik do‘sti Abu Sayyid savollariga berilgan javoblar tariqasida yozilgan. Ushbu asarga arab tilida yozilgan Abu Nasr Sarroj (vaf. 377 h.)ning “Kitobul luma» (“Shu’lalar haqida kitob”) risolasi asos qilib olingan.
Adabiyotlar
tahrir- H. Homidiy. Tasavvuf allomalari. Sharq. Toshkent. 2009.