Abulhomid Asvad – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Qora tanli boʻlgani uchun “Zanjiy” nisbasi bilan ham eslanadi. Abu Ali Rudboriyning ustozi. Masjid ul-Haramda oʻttiz yil eʼtikofda oʻtirgan. Vajd holiga tushganda rangi oqarib, oʻziga kelganida yana asl rangiga qaytgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". "Sharq" NMAK, 2016.