Abulqosim Ali Gurgoniy — (taxminan 1058—yilda vafot etgan) shayx bo‘lgan.

Abulqosim Ali Gurgoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shayx, tasavvuf

Abulqosim Ali Gurgoniy tasavvufning Xuroson maktabi shayxlaridan boʻlgan. Uning tavalludi va vafoti, qabrining qayerdaligi haqida aniq maʼlumotlar yetib kelmagan. Ali ibn Usmon Hujviriy (1072—yilda vafot etgan) „Kashfu-l-mahjub“ asarida Abulqosim Ali Gurgoniy bilan bir necha marta (aksariyat Tus shaharda) uchrashib, baʼzi masalalarni undan soʻraganligi haqida yozadi. Abulqosim Ali Gurgoniyning Tusda xonaqoh va masjidi bo‘lib, u oʻz davrining qutbi deya eʼtirof etilgan. „Silsilatu-z-zahab“dagi 9-piri mur­shid. Tasavvuf taʼlimini Abu Usmon Magʻribiy va Abulhasan Haraqoniy (vafoti 1034—yilda)dan olgan. Tasavvufdagi nisbasi, bir tomondan, Abu Usmon Magʻribiy, Abu Ali Kotib, Abu Ali Rudboriy orqali Junayd Bagʻdodiy (vafoti 910—yilda)ga, ikkinchi tomondan, Abulhasan Haraqoniy orqali Boyazid Bistomiy (vafoti 848— yoki 875—yilda)ga borib bogʻlanadi. Manbalarda Abulqosim Ali Gurgoniy ikki yoʻnalish „sahv“ va „sukr“ni oʻzida birlashtirgan murshid sifatida zikr etiladi. Abulqosim Ali Gurgoniy Abu Ali Farmadiy (1011—85 yillar)ning tasavvufdagi ustozidir. Shayx Abu Said Abulxayr (967—1049 yillar) bilan yaqin aloqada boʻlgan. Hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlar „Tabaqotu-s-sufiyya“, „Ri­solai Qushayriy“, „Nafa­hotu-l-uns“, „Nasoyimul-muhabbat“ sin­gari asaridan joy olgan[1].





Adabiyotlar

tahrir
  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar

tahrir
  1. Islom ensiklopediyasi. – B. 67.