Abulvafo Axsikatiy
Abulvafo Axsikatiy(arabcha:أبو الفافو أحسيكاتي — Abulvafo Axsikatiy— Toʻliq ismi:Abulvafo Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy (vafoti 519/1126-yil)) — tarixchi va adib.
Abulvafo Axsikatiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tarixchi,adib |
Tarixi
tahrirToʻliq ismi Abulvafo Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy boʻlib, Abulvafo Axsikatiy nomi bilan mashhur boʻlgan. Abulvafo Axsikatiy tarix va adabiyot ilmlari bilimdoni sifatida nom qozongan. Abulvafo Axsikatiy manbalarda atoqli shoir, tarixchi va arab tilini mukammal bilgan olim deb taʼriflanadi. Samʼoniyning oʻzi Abulvafo Axsikatiy bilan bir necha marotaba uchrashganligini, biroq, maʼruzalarini tinglash imkoni boʻlmaganini yozgan.[1]
Asarlari
tahrirHoji Xaliyfa Abulvafo Axsikatiyning „Kitobu-t-tarix“ („Tarix kitobi“) nomli asari boʻlganligini zikr qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Qoriyev O. A. Fargʻona fiqh maktabi va Bur-honiddin al-Margʻinoniyil — B. 52. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |