Achchiqtosh — Qoʻsh sulfat tuzlarining kristallogidratlari, bu yerda Me1 bir valentli (K, Na, Li, Rd va hokazo). Mesh uch valentli (A1, Fe, Sg va hokazo) metallar. Sulfatli minerallardan 30 ga yaqini xalq tilida Achchiqtosh deb ataladi. Tabiiy sharoitda sof holda uchramaydi. Sof Achchiqtosh bir valentli va uch valentli metallar sulfatlarining issiq suvdagi eritmalarini aralashtirish yoʻli bilan olinadi. Achchiqtoshli mineralni suvda eritib bugʻlatish Achchiqtoshni tozalashning eng oson usulidir. Achchiqtoshning barcha turlari kristall shaklda, nordon taʼmli boʻlib, ogʻizni burishtiradi. Achchiqtosh qizdirilganda tarkibidagi suvini yoʻqotib, xira tortib qoladi. Oʻrta Osiyoda shoʻrsuv, Gugurtdogʻ konlarida, Hisor tizmasida va boshqa joylarda uchraydi. Achchiqtosh koʻnchilikda, bosma ishida, foto sanoatida, gazlama boʻyashda, qogʻoz ishlab chiqarishda ishlatiladi. Alyuminiyli Achchiqtosh tibbiyotda ham qoʻllanadi. Achchiqtosh teri va shilliq pardalarni quritadi va dezinfeksiyalaydi. Aholi tomoq ogʻrigʻi, ogʻiz oʻyilishi, milkyalligʻlanishi kabi kasalliklarni davolashda qadimdan Achchiqtoshdan foydalanib keladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil