Achchisoy — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Oqtogʻning janubiy yon bagʻrida 800 m balandlikdagi adirlardan boshlanib, janubiy tomon oqadi. Bahorda Shovot kanaliga quyiladi. Uzunligi 18 km. Yomgʻir va buloqlardan suv oladi. Achchisoy qish va bahor fasllarida sersuv boʻlib, yoz va kuzda deyarli qurib qoladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Achchisoy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil