Achraf Baznani
Achraf Baznani Marokashlik rassom,[1] kino rejissiyor hamda mahoratli fotografdir. U Marrakeshda tug’ilgan.[1]
Hayoti va ijodi
tahrirBaznani fotograflikni tasodifan boshlagan. U o’zining tug’ilgan kunida Kodak Ektra 250 kamerasini sovg’a tariqasida olgan. Baznani tez o’rganuvchan bo’lgan va hech qanday qo’shimcha fotograflik kurslariga bormagan. U bir qancha qisqa metrajli va hujjatli filmlar yaratgan. Ular orasiga“Oldinga” – 2006-yil va “Unitilgan” – 2007-yil kiradi. “Muhojir” – 2007-yilda yaratgan qisqa metrajli filmi bir qancha milliy va xalqaro unvonlarni qo’lga kiritgan.[2]
Baznani birinchilardan bo’lib Arab dunyosida surreal - ya’ni fakt va fantaziya aralashgan hikoyalarni suratlar bilan kitob shaklida chiqargan mashhur ijodkor hisoblanadi. “Mening nigohimda” va “Hayolimda” nomli kitoblarida Baznani o’z kundalik hayoti va kulgili voqea - hodisalarni suratlar bilan tasvirlagan.[3]
Uning ijodiy ishlari bir qancha jahon jurnallarida chop etilgan, Masalan, PicsArt, Mambo, Photo+, Amateur Photographer, Fotografe Melhor,[4] Digital Photo jurnallari va boshqalar.
2014-yilda u o’zining “52 Loyiha” nomli ishini tamomladi. Bu loyihani bajarishda ijodkor yilning har haftasini o’z suratlarida aks ettirishga harakat qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Le Musée du Louvre accueille les œuvres d'Achraf Baznani, photographe de l'étrange, 2015-07-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-07-22
- ↑ Achraf Baznani – Surrealism, 2016-08-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-07-22
- ↑ Achraf Baznani, miniature world from Morocco[sayt ishlamaydi]
- ↑ O mundo imaginário de um fotógrafo marroquino
Havolalar
tahrirVikiomborda Achraf Baznani haqida turkum mavjud |