Chigirtkasimonlar
Chigirtkasimonlar(Acridoidea) — toʻgʻriqanotli hasharotlar turkumining katta oilasi. 10 mingdan ortiqturi bor. Tanasining uz. 9 sm cha; ipsimon moʻylovlari tana uzunligining yarmicha. Kanotlari 2 juft, baʼzan rivojlanmagan yoki butunlay yoʻq. Orqa oyoklari sakrovchi; panjasi 3 boʻgʻimli. Orqa oyoq sonini ustqanotga ishqalab tovush chiqaradi. Eshitish organi qorin old boʻgʻimining yon qismida. Tuxumqoʻygichi qisqa. Tuxumlarini tuproqqa toʻptoʻl qilib koʻyadi. Urgʻochisi tuxum qoʻygichi yordamida chuqurcha yasaydi va unga tuxumi bilan birga maxsus bezlardan koʻpiksimon suyuqlik ajratadi. Shu suyuqlik qotib, koʻzacha hosil boʻladi. Lichinkasi, odatda, bahorda paydo boʻladi va 4—7-marta pust tashlab 1—1,5 oyda rivojlanadi. Yozda jinsiy yetilgan individlar hosil boʻladi va urugʻlanib, tuxum qoʻyaboshlaydi. Gala boʻlib (chigirtkalar) va yakka yashovchi Ch. bor. Gala boʻlib yashovchi Ch. serharakat lichinkalar yoki kdnotli imagodan iborat toʻdalar hosil qilish xususiyatiga ega. Ular siyraklashganda yakka yashovchi individlar vujudga kelib, koʻchmanchilik xususiyatini yoʻqotadi. Hamma Ch. oʻsimlikxoʻr, baʼzan esa hayvonlar organizmi bilan ham oziqlanadi. Koʻpgina Ch., ayniqsa, gala boʻlib yashovchilari qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Baʼzi qurgʻoqchil viloyatlarda tuproq hosil boʻlish jarayoni hamda moddalar almashinuvini jadallashtirishda Ch. roli borligi aniqlangan (qarang Chigirtka).
Chigirtkasimonlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |