Ad maiorem Dei gloriam yoki Ad majórem Dei glóriam[izoh 1] (AMDG qisqartmasi bilan ham tanilgan) lotincha ibora boʻlib, „Xudoning buyuk shon-shuhrati uchun“ deb tarjima qilinadi. Bu ibora tarixda koʻp marotaba ishlatilgan, ayniqsa, Oʻrta asrlar davrida katoliklar tomonidan qoʻllanilgan va hozirda Katolik Cherkovining Jesuitlar (iyezuitlar) ordenining ramzi hisoblanadi. 

Maʼnosi

tahrir

Bu iboraning kelib chiqishi iyezuitlar ordenining asoschisi, Avliyo Ignatius Loyolaga tegishli boʻlib, u uni jamiyat diniy falsafasining asosiy gʻoyasi sifatida ishlatishni maqsad qilgan. Avliyo Ignatiusga tegishli toʻliq ibora „Ad maiorem Dei gloriam inque hominum salutem“ boʻlib, bu „Xudoning buyuk shon-shuhrati va insonlarning najoti uchun“ deb tarjima qilinadi. Bu ibora, yomon boʻlmagan har qanday ish, hatto ruhiy hayotga befarq deb hisoblanadigan ishlar ham, agar u Xudoga shon-shuhrat berish maqsadida bajarilsa, ruhiy jihatdan mukofotlanishi mumkinligini ifodalaydi[1].

 
Ad maiorem Dei gloriam

Keng tarqalgan iyezuitlar emblemasida iboralar IHS bosh harflarining atrofida xalqasimon oʻralgan holda tasvirlanadi. IHS – bu Iota, Eta va Sigma harflaridan iborat Yunon monogrammasi boʻlib, u 3-asrdan boshlab Iso Ismiga qisqartma sifatida ishlatilgan. Avliyo Ignatius Loyola 1541-yilda iyezuitlar jamiyatining boshligʻi sifatida oʻzining muhrida ushbu monogrammani qabul qilgan. Shu tariqa bu emblema uning institutining emblemasiga aylangan. IHS baʼzan notoʻgʻri tarzda talqin qilingan, yaʼni 'Jesus Hominum (yoki Hierosolymae) Salvator' deya ifodalangan, yaʼni Iso, odamlarning najotkori (yoki Quddus (Iyerussalim) najotkori) deb tushunilgan.

Foydalanilishi

tahrir

Avliyo Ignatiusning suratlarida u kitob koʻtarib turgan holida tasvirlangan, shior esa koʻp holatlarda avliyoning diniy kitoblaridagi yozuvlari orasida tasvirlangan.

Bu ibora koʻplab iyezuit taʼlim muassasalarining ramzi boʻlib, jumladan, Iyezuit kollejlari va universitetlar assotsiatsiyasining yigirma sakkizta aʼzosidan sakkiztasi va butun dunyodagi koʻplab oʻrta maktablarda ishlatiladi. Georgetown universitetining Gaston Hall zalida esa ibora davomiga „inque hominum salutem“ soʻzlari qoʻshib yozilgan, natijada uzunroq ibora hosil boʻlgan, yaʼni: „Xudoning buyuk shon-shuhrati va insonlarning najoti uchun.“[2] Koʻpgina Iyezuit institutlarining binolariga xos boʻlganidek, Fordham universiteti kampusidagi poydevor toshlariga ham „AMDG“ qisqartmasi yozilgan va maktabning universitet cherkovida 2776 quvurli „Maior Dei Gloria“ organi joylashgan boʻlib, u shior nomidan kelib chiqqan[3].

Bir paytlar, iyezuit maktablari va universitetlarida oʻqiyotgan talabalar oʻz daftar sahifalarining yuqori qismida bosh harflarni yozish odat boʻlgan. Bu ularga hatto ularning maktab ishlari ham Xudoning shon-shuhratiga bagʻishlanishi kerakligini eslatib turar edi[4][5]. Iboraning qisqartma Papa John Pavel II ning imzosida ham mavjud. 

Katolik birodarligi Alfa Delta Gamma ning ramzi „Ad Dei Gloriam“ boʻlib, bu „Xudoning shon-shuhrati uchun“ deb tarjima qilinadi. Ushbu ibora birodarlikning nomining kelib chiqishiga asos boʻlib, Rim bosh harflari „ADG“ yunon tilida alfa, delta va gamma harflari bilan ifodalangan.

„Ad majorem Dei gloriam“ iborasi koʻplab adabiy va sanʼat asarlarida ham qoʻllanilgan. Flann OʻBrienning The Hard Life kitobidagi Jesuit obrazida bu ibora bir necha oʻrinda ishlatiladi. Ser Edward Elgar uni Kardinal Nyumaning The Dream of Gerontius sheʼriga yozgan musiqasida bagʻishlash sifatida qoʻllagan. 1939-yilda Benjamin Britten A. M.D. G. (Ad Majorem Dei Gloriam) nomli xoral asarini yaratgan, bu asar Gerard Manley Hopkinsning yetti sheʼridan iborat. 2014-yilda amerikalik liturgik bastakor Dan Schutte Ad Maiorem Dei Gloriam nomli asarni ibodat madhiyalari va missallar uchun yozgan[6]. Ushbu ibora Martin Scorsesening Yaponiyadagi iyezuitlar haqida hikoya qiluvchi Silence filmida ham uchraydi. 2000-yilda Arturo Pérez-Reverte tomonidan yozilgan La carta esférica romani va uning 2007-yilgi film versiyasida iyezuitlar tomonidan tashiladigan Dei Gloria ismli qutqarilmagan kemaning halokati tasvirlanadi. Fyodor Dostoyevskiyning Aka-uka Karamazovlar romanida esa Buyuk Inkvizitor Ivan obrazi bu iborani bir necha bor ishlatgan.

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Izohlar

tahrir
  1. Lotin tilida i undosh harf sifatida ishlatilganda, koʻpincha j harfi bilan ifodalanadi.

Manbalar

tahrir
  1. Höpfl, Harro. Jesuit political thought: the Society of Jesus and the state, c. 1540–1630. Cambridge, UK: Cambridge University Press, 2004 — 426-bet. ISBN 0-521-83779-0. 
  2. Billingsley, Hillary. „O'Donovan Praises 'Passion of Ideas' in Speech“. The Hoya (2001-yil 23-mart). Qaraldi: 2007-yil 14-mart.
  3. „Maior Dei Gloria Organ Makes Its Concert Debut“. Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  4. Derriman, Philip. „Hatchet buried with feuding Don, scribe“. The Sydney Morning Herald (2008-yil 25-aprel). Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
  5. „AMDG“. Loyola University Maryland. 2010-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
  6. „Ad Maiorem Dei Gloriam“. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.

Havolalar

tahrir