Adenoviruslar
Adenoviruslar (yun. aden — bez va viruspar) — tarkibida DNK gruppasi 191boʻlgan, odam va hayvonlarda adenovirus kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi viruslar. Ular nafas yoʻllaridagi bez (adenoid) toʻqimalarida yashab, oʻtkir katar, konʼ-yunktivit, enterokolit, atipik pnev-moniya va boshqa kasalliklarni qoʻzgʻatadi. A.odamning adenoidlaridan va mur-tak bezlaridan, shuningdek meʼda-icha-klaridan ajratib olingan. Kattaligi 70-90 mmk. Ularning odamda kasallik qoʻzgʻatuvchi 30 dan ortiq turi maʼlum.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |