Adham Ochilov (1976-yil 7-aprelda tavallud topgan) — oʻzbek erkin kurashchisi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori.

Adham Ochilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 7-aprel 1976-yil (1976-04-07) (48 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport erkin kurashchisi
Medallar
Sport mukofotlari
Markaziy Osiyo oʻyinlari
Kumush Toshkent 1995 52 kg.gacha
Jahon chempionati
Oltin Anqara 1999 54 kg.gacha
Osiyo chempionati
Oltin Syaoshan 1996 52 kg.gacha
Bronza Toshkent 1999 54 kg.gacha
Bronza Guylin 2000 54 kg.gacha
Oltin Tehron 2004 55 kg.gacha

Tarjimai hol

tahrir

Adham Ochilov 1976-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. U 1995-yilda Markaziy Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi. Yosh boʻlishiga qaramay Adham 1996-yilda Osiyo chempioni boʻldi va jahon kubogi kumush medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi, ammo Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida u 7-oʻringa tushib qoldi. Erkin kurashchi yana oʻz ustida ishlab, tinimsiz mashq natijasida 1999-yili jahon chempionatining kumush medali, Osiyo chempionatining bronza medali sohibi boʻldi. 

Ochilov 2000-yilda yana Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori va Sidneydagi Olimpiya oʻyinlarida 8-oʻrinni egalladi. 2001-yilda esa jahon kubogi kumush medalini olishga erishdi. 2004-yilda u Osiyo chempioni, 2005-yilda jahon kubogi bronza medalini, 2007-yilda Adham jahon kubogi kumush medali va harbiylar oʻrtasidagi jahon kubogi bronza medalini oldi. 2008-yilda harbiylar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida gʻolib boʻlgan.

Mukofotlar va unvonlar

tahrir
  • 1996-yil — „Shuhrat“ medali[1]
  • 2000-yil — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[2]

Manbalar

tahrir
  1. Указ Президента Республики Узбекистан от 16 avgust 1996 года № УП-1506 «О награждении группы спортсменов и спортивных тренеров республики
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер