Adham Rahmat
Adham Rahmat (1909-1983) - yozuvchi.
Adham Rahmat | |
---|---|
Tavalludi | 9-dekabr 1909 |
Vafoti | 23-fevral 1983 |
Hayoti
tahrirU 1909 yilda Qoʻqon shahrida tugʻildi. 1921-23 yillarda bolalar uyida tarbiyalandi.
1926-28 yillar orasida Toshkent tibbiyot texnikumida oʻqidi va bir qancha maktablarda oʻqituvchilik qildi.
Faoliyati
tahrir1930-35 yillarda shoir “Yangi Farg’ona” gazetasida, soʻng Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Qoʻqon boʻlimida ishladi. U Vatan urushigacha Oʻzbekiston Davlat nashriyotida, hozirgi “Turkiston” gazetasida hamda Oʻzbekiston radiosining bolalar adabiyoti boʻlimida ishladi.
Shoir Vatan urushi davrida front roʻznomalarida, “Qizil O’zbekiston” gazetasida adabiy xodim boʻlib ishladi,конников»).[1] soʻngra Oʻzbekiston Davlat badiiy adabiyot nashriyotida muharrirlik qildi.
A.Rahmatning ijodi 1930 yilda “Yangi Farg’ona” gazetasida bosilgan “Oq oltin haqida qo’shiq” nomli sheʼri bilan boshlandi. Shundan soʻng shoir bolalarga 1939-yilda “Baxtli yoshlik” nomli birinchi sheʼrlar toʻplamini taqdim etdi. Bu toʻplam oʻndan ortiq sheʼr va ertaklarni oʻz ichiga oladi.
Asarlari
tahrirKitob “Yasha, Vatan!” sheʼri bilan boshlanadi. Shoir A.Rahmat birinchi navbatda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kuychisi sifatida eʼzozlanadi. Shoirning jajjilarga bagʻishlab yozgan quvnoq sheʼrlari, oʻynoqi qoʻshiqlari, ajoyib-gʻaroyib ertak dostonlari har bir xonadonga, bolalar bogʻchalariga kirib borgan.
“Baxtli yoshlik” toʻplamida kichik yoshdagi bolalar uchun yozilgan “Keling, qushlar”, “Bizning bog’chamiz”, “Hayvonot bog’ida” “Pilla qurti boqamiz”, “Oilamiz” sheʼrlari, “Qurbaqa”, “Qaldirg’och, ilon va beshiktervatar”, “Tulkining hiylasi” singari ertak-masallari eng xarakterli ahamiyatga egadir.
Bu asarlari bilan shoir maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni qushlar, parrandalar, hayvonlar hayoti, ularning kindalik mashgʻuloti, oziq-ovqati bilan yaqindan tanishtiradi. Masallarni yaratishda shoir xalq ogʻizaki ijodidan oʻrinli foydalanib, ulrni bolalar dunyoqarashiga moslashtiradi.
Mukofotlari
tahrir1959-yilda "Mehnat a'lochisi" medali bilan taqdirlangan[2].
1975-yilda "Toshkentlik kazak" hujjatli hikoyasi uchun SSSR davlat mukofoti - «Aleksandr Fadeev» kumush medali bilan taqdirlangan.
1979-yilda "Sovet adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun" Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.[3]
Nomini abadiylashtirish
tahrirToshkent shahrining koʻchalaridan biriga Adham Rahmat nomi berilgan.
Adabiyotlar
tahrir1.Toshkent. Ensiklopediya. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milliy nashriyoti. Toshkent. 2009. - s. 784 (Wayback Machine saytida 2020-02-23 sanasida arxivlangan)
2. Фотография.
Izoh
tahrir- ↑ Узбекская ССР в годы Великой Отечественной войны. — Ташкент: Фан, 1981. — стр. 220
- ↑ О награждении орденами и медалями СССР работников искусства и литературы Узбекской ССР
- ↑ Указ Президиума Верховного совета СССР от 20 декабря 1979