Adhamiy
Adhamiy Ibrohim (XV asr) – turkman beklaridan, asl ismi Shoh turkman. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni xush tabʼ va zarif kishi sifatida taʼriflab, devoni ham borligi haqida maʼlumot beradi va quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Hargizam dil be xayoli anbarin xole nabud,
In dili devona hargiz xoli az hole nabud.
(Mazmuni: Hech vaqt koʻnglim qora xol xayolisiz yashamadi; bu devona dil hech qachon bu holdan xoli boʻlmadi)[1][2]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |