Adi Granth (“Boshlang‘ich kitob) - sikxiylikning muqaddas manbai bo‘lib, beshinchi guru Arjun (1581-1606) tomonidan tuzilgan. Unga avval dastlabki besh guruning, keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan. Jumladan, Kabirning, Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan bir qatorda bir necha bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham madhiyalari kirgan. U panjob tilida yozilgan bo‘lib, hozirgi kunda Amritsar shahridagi sikxlarning bosh ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 20.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.