Adivi Sesh
Adivi Sesh Sunny Chandra (1984-yil 17-dekabrda tugʻilgan) hindistonlik aktyor, rejissyor va ssenariy yozuvchi boʻlib, asosan telugu tilidagi filmlarda rol ijro etadi. Sesh Haydarobodda tugʻilgan va Kaliforniyaning Berkli shahrida oʻsgan.[1] U 2010-yilda "Karma" filmida bosh aktyor va rejissyor sifatida birinchi debyut ishini boshlagan. Panjaa (2011), Balupu (2013) va Baaxubali: Muqaddima (2015) filmlarida salbiy rollarni oʻynagan. Soʻng Adivi Sesh Sunny Chandra Kshanam (2016), Ami Thumi (2017), Gudachari (2018), Evaru (2019), Mayor (2022) va HIT (2022) filmlarida oʻynagan rollari muvaffaqiyatga erishgan. Adivi Sesh eng yaxshi ssenariy uchun IIFA Telugu mukofotini va Kshanam filmidagi ssenariysi uchun Nandi mukofotini qoʻlga kiritdi.[2]
Adivi Sesh | |
---|---|
Adivi Sesh (2022-yil) | |
Tavalludi |
Adivi Sesh Sunny Chandra 17-dekabr 1984-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2002-yildan – hozirgacha |
Hayotining boshlanish davri
tahrirAdivi Sesh Sunny Chandra 1984-yil 17-dekabrda Hindistonning Andhra Pradesh shtatidagi Haydarobod shahrida (Hindistonning hozirgi Telangana shtati) tugʻilgan.[3][4] U Berkli shahrida (Kaliforniya) oʻsgan. U yerda Berkli oʻrta maktabida va San-Fransisko Davlat Universitetining bakalavriatida oʻqigan.[3][4]
Adivi Seshning singlisi AQShda shifokor boʻlib ishlaydi.[5] Uning amakivachchasi Sai Kiran Adivi rejissyor boʻlgan.[6] Seshning amakisi Adivi Baapiraju yozuvchi, dramaturg va ozodlik kurashchisi edi. Adivi Sesh vegetariancha ovqatlarni isteʼmol qiladi.[7]
Karyera
tahrirSesh Sontham (2002) filmida mehmon aktyor sifatida birinchi rolini ijro qildi. Rediff uning ijrosini yuqori baholadi: „Aktyorlik borasida Sesh Adivi yaxshi rol oʻynaydi. Uning ssenariy yozish mahorati ham eʼtiborga loyiq. U Telugu kinosiga yangi ijrolarni kiritishga harakat qildi.“[8]
Manbalar
tahrir- ↑ „Happy birthday Adivi Sesh! Here is all you need to know about Telugu cinema's James Bond“. The New Indian Express. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
- ↑ Adivi Sesh is a lucky guy, 14 May 2015. Qaraldi: 2015-yil 14-may.
- ↑ 3,0 3,1 „Happy birthday Adivi Sesh! Here is all you need to know about the underrated Telugu actor“. The New Indian Express (2018-yil 17-dekabr). 2019-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 Adivi Sesh. Caught Off Guard with Adivi Sesh at Annapurna Studios ft. Goodachari. Annapurna Studios.
- ↑ M. „Pics: Adivi Sesh's Sister Pre-wedding Festivities“ (en-US). Gulte (2023-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
- ↑ „Adivi Sesh: I don't want to ride two boats at the same time“ (en). Cinema Express. Qaraldi: 2021-yil 16-may.
- ↑ „Adivi Sesh conducts Q & A session on Instagram, leaves fans pleased with his answers“. Times of India (2020-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
- ↑ Rajamani. „Karma is for a niche audience“. Rediff (2010-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 29-noyabr.