Advanced Placement (AP)[1] — AQSh va Kanadada College Board tashkiloti tomonidan tashkil etilgan dastur boʻlib, yuqori maktab oʻquvchilariga (Oʻzbekistonda oʻrta maktab oʻquvchilari) kollej darajasidagi oʻquv dasturlari va imtihonlarni taklif etadi. Amerika kollejlari va universitetlari imtihonlardan yuqori ball toʻplagan talabalarga kursga yozilish uchun grant va kredit berishlari mumkin. Turli xil fanlar boʻyicha AP oʻquv dasturlari ekspertlar hamda kollej darajasidagi oʻqituvchilar guruhi tomonidan College Board uchun tuziladi. Yuqori maktab kursi AP kursi sifatida maʼqullanishi uchun kurs, College Board tashkiloti tomonidan tekshirilishi lozim. Ushbu tashkilot AP oʻquv dasturlarini Boardning „Kurs va imtihon tavsifi“ (inglizcha: Course and Examination Description; qisqacha CED) da koʻrsatilganidek oʻtilishiga maʼsuldir. Agar kurs maʼqullansa, maktab bu kursni AP kursi oʻlaroq foydalanishi mumkin hamda kurs AP Course Ledger’da ommaviy roʻyxatga olinadi.[2]

Baholash tahrir

AP testlari 1 dan 5 gacha boʻlgan baholash tizimida quyidagicha baholanadi:[3]

  • 5 — aʼlo darajada malakaga ega
  • 4 — yaxshi malakaga ega
  • 3 — malakali
  • 2 — ehtimol malakali
  • 1 — tavsiya mavjud emas

Manbalar tahrir

  1. „AP Central“.
  2. „AP Course Ledger“. AP Course Audit. Oregon universiteti. Qaraldi: 1-may.
  3. „About AP Scores – The College Board“. apscore.collegeboard.org. Qaraldi: 9-may.

Havolalar tahrir