Adventiv embrioniya
Adventiv embrioniya (lot. adventus — tasodifiy va yun. Embryon — embrion, murtak) — oʻsimlik murtak tugunining urugʻlanmasdan, mur-tak qopchigʻi yoki urugʻkurtak qobigʻi hujayrasidan vujudga kelishi. Bunda koʻpincha bir qancha (20 tagacha) embrion hosil boʻladi (poliembrioniya). Koʻproq sitrus oʻsimliklari (mandarin, limon, apelsin va boshqalar)da uchraydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |