Aerofiltr (aero… va …filtr) — oqindi suvlar biologik jihatdan tozalanadigan inshoot. Filtrlovchi qatlamning ancha balandligi (4 m gacha) va majburiy shamollatish qurilmasi (Aerofiltrning oksidlash quvvati oshishini taʼminlovchi qurilma) borligi bilan biofiltrdan farq qiladi. Hajmi 1 m3 li Aerofiltrga sutkasiga 5 m3 oq suv tozalash uchun qabul qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Aerofiltr" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil