Aerologiya
Aerologiya (aero... va yun. logos – so‘z, tushuncha, bilim) – atm. fizikasining erkin atmlagi (Yer sirtiga tutashuvchi qatlamdan balanddagi) fizik hodisalar va jarayonlarni o‘rganuvchi bo‘limi. Balandliklarda atm. tarkibi, bulut va yog‘inlarning hosil bo‘lishi, har xil balandlikdagi havo oqimlari, havo mas-salarining o‘zaro ta’siri va boshqalarni o‘rganadi. Obhavoni oldindan aytish usullarining tobora takomillashuvi, yuqori balandliklarda uchish imkoniyatlarining kengayishi tufayli butun dunyoda A. tez rivojlandi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlari uchirilishi yuqori atm.ni o‘rganish uchun keng imkoniyatlar ochdi. A. ixtiyorida Yerning sun’iy meteorologik yo‘ldoshlari, elektron asboblar, radiolokatsiya vositalari, maxsus jihozlangan samolyotlar, raketa, radiozond va takomillashgan aerostatlar mavjud.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |