Aeromagnitometr — Yerning magnit maydonini samolyot va b. uchish apparatlaridan oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob., Ikki turi — induksion va ferrozondli Aeromagnitometr qoʻllanadi. Induksion Aeromagnitometrlarda oʻz oʻqi atrofida aylanadigan simlar oʻralgan gʻaltak sezgir oʻlchovchi element vazifasini bajaradi. Bu Aeromagnitometrlar yer magnit maydoni kuchlanishining toʻliq qiymatini oʻlchashda qoʻllanadi. Ferrozondli Aeromagnitometrlarda magnit jihatdan yumshoq qotishmalardan yasalgan temir oʻqida magnit toʻyinish holati hosil boʻlishi natijasida yer magnit maydoni kuchlaiishining toʻliq qiymati oʻlchanadi. Oʻqi magnit jihatdan yumshoq qotishmadan yasaladi, oʻzi induksiyalanuvchi gʻaltak sezgir element vazifasini bajaradi. Bu sezgir element oʻlchash vaqtida avtomatik ravishda yer magnit maydonining toʻliq vektori yoʻnalishiga moslanadi. Samolyot magnit taʼsiridan qutulishi uchun Aeromagnitometr gondolada samolyotga shatak qilinadi. Aeromagnitometr temir konlarini, neft va gaz konlarini AMM-13 markaliferizlashda, qoʻllarozondli aeromagnitoniladi metr[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil