Aerostat astronomiyasi
Aerostat Astronomiyasi — Astronomiyaning kosmik jismlarni aerostatga oʻrnatilgan teleskop va boshqa ilmiy apparatlar yordamida kuzatishga asoslangan boʻlimi. Yer sirti yaqinida atmosfera bir tekis isimaganligi sababli, Turbulensiya hodisasi roʻy beradi, natijada kuzatilayotgan yoritqich nuqta emas, balki yorugʻroq dogʻ shaklida koʻrinadi. Bunga yulduzlarning miltillashi misol boʻla oladi. Bundan tashqari, atmosferaning quyi qismi kosmik jismlardan keladigan ultrabinafsha (X < 3900 A) va infraqizil (X > 7600 A) nurlarni kuzatishga ham xalaqit beradi. Atmosferadagi turbulensiya miltillash effekti bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish va kosmik jismlardan keladigan nurlarni kuzatish uchun 20 — 30 km balandlikka koʻtariladigan stratosfera aerostatlaridan foydalanilgan. Aerostat Astronomiyasi bizga eng yaqin Yulduz — Quyoshning infraqizil nurlarini oʻrganishdan boshlandi. Ultrabinafsha nurlarni kuzatish uchun aerostatlar koʻtariladigan balandlik kifoya qilmaydi. Shuning uchun hozir Yer sunʼiy yoʻldoshlari yoki 60 km gacha balandlikka koʻtariladigan raketalardan foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- http://raax.ru/tag/%D0%B2%D0%B5%D0%BD%D0%B5%D1%80%D0%B0/ (Wayback Machine saytida 2016-03-07 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |