Afgʻonistondagi 2017-yil yanvar portlashlari

2017-yil 10-yanvarida Afgʻonistondagi qayta faollashgan urush sharoitlarida hukumat va qabil muassasalarida bir qancha portlashlar kuzatildi. Tolibon BAA diplomatik missiyasiga uyushtirilgan hujumlarning biridan tashqari barcha hujumlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Umumiy hisobda kamida 64 nafardan 88 nafargacha tinch aholi halok boʻldi, kamida 94 kishi yaralanib, kamida 3 nafar hujumchi ham oʻldirildi[2][3].

2017-yil 10-yanvar Afgʻonistondagi portlashlar
Afgʻonistondagi urush (2001—2021)
Afgʻonistondagi 2017-yil yanvar portlashlari is located in Afghanistan
Kabul
Kabul
Kandahar
Kandahar
Lashkargah
Lashkargah
Afgʻonistondagi 2017-yil yanvar portlashlari (Afghanistan)
Joylashgan Kobul, Qandahor, Lashkargoh, Afgʻoniston
Sana 10-yanvar, 2017-yil(2017-01-10)
Halok boʻlganlar 65+ dan 98+gacha (+3)
Jarohat olganlar
94+
Jinoyatchilar Tolibon (birinchi va uchinchi portlashni oʻz zimmasiga oldi, ikkinchi portlash uchun javobgarlikni rad etdi)
Haqqoniy tarmogʻi (ikkinchi portlashda gumon qilingan)[1]


Portlashlar

tahrir

Birinchi portlash

tahrir

Dastlabki hujum Afgʻoniston poytaxti Kobulda joylashgan Milliy assambleya binosi oldida uyushtirilgan qoʻshaloq xudkushlik hujumi boʻldi. Hujum natijasida aksariyati parlament a’zolaridan iborat boʻlgan 46 kishi halok boʻldi. 70 nafardan ortiq kishi yaralandi. Hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga olgan Tolibon harakati 70 kishi halok boʻlganligini ta’kidlagan. Xudkushlar nishoni Milliy xavfsizlik boshqarmasi miniavtobusi edi. Ikki xudkushdan biri piyoda, biri avtomashinada harakatlangan edi[4].

Ikkinchi portlash

tahrir

Ikkinchi hujum gubernator Humoyun Aziziyning Qandahordagi mehmon uyida BAA Juma al Kaabi va uning hamkasblari uchun kechki ovqat bazmi uyushtirilgan vaqtda sodir etildi. BAA elchisi va diplomatlar Qandahorda BAA hukumati homiyligi bilan quriladigan mehribonlik uyiga tamal toshi qoʻyish uchun tashrif buyurgan edi[5]. Uchrashuv vaqtida yashirilgan bomba portlatilishi oqibatida 11 kishi halok boʻldi va 18 kishi yaralandi. Halok boʻlganlar va yaralanganlar orasida koʻplab taniqli afgʻon siyosatchi va diplomatlari, shuningdek 5 nafar amirlik diplomatlari ham bor edi. BAAning Afgʻonistondagi elchisi Juma al Kaabi hujuma vaqtida olgan jarohatlari tufayli 15-fevral kuni vafot etdi[6][7]. Qurbonlar orasida Qandahor gubernatori oʻrinbosari Abdul Ali Shamsiy ham bor edi[8].

Portlashni uyushtirish Tolibondan gumon qilingan boʻlsa-da, lekin harakat mas’uliyatni oʻz zimmasiga olmagan. Harakat portlash “ichki mahalliy raqobat” natijasi ekanligini aytgan[9]. Portlashning asosiy qismini Sayid Mahbub ogʻa ismli uzoq yillik oshpaz uyushtirgan[10]. Ogʻa avvallari Tolibon a’zolari uchun oshpazlik qilgani va Tolibon bilan doimiy aloqalarda ekanligi ma’lum edi[10]. Ogʻa Tolibon a’zolarining taklifi bilan Qandahor gubernatori mehmonxonasida ishlash uchun Farah viloyatidan Qandahorga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik unga mehmonxonaga bomba olib kirish evaziga 30 ming dollar va Pokistonda yashash taklif qilingan[10].

Uchinchi portlash

tahrir

Uchinchi portlash Lashkargohda sodir boʻldi. Ushbu portlashda halok boʻlgan xudkush-terrorchini hisobga olmaganda kamida 7–16 nafar tinch aholi halok boʻlgan va 6–9 kishi yaralangan. Tolibon qabila oqsoqolini nishonga olgan hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi[3].

 
Afgʻoniston Milliy assambleyasi.

Qurbonlar

tahrir

Portlashlar oqibatida koʻplab tinch aholi vakillari, diplomatlar va qoʻriqchilar halok boʻldi. Umumiy hisobda kamida 64dan 88 kishigacha halok boʻlgan va 94 kishi yaralangan. Halok boʻlganlardan nomdor va taniqli ba’zilari haqida quyida ma’lumot beriladi:

  • Besh nafar BAA diplomatlari halok boʻldi[10]. Halok boʻlgan diplomatlar Muhammad Ali Al Bastaki, Abdulloh Muhammad Al Kaabi, Ahmed Rashid al-Mazruyi, Ahmed Abdul Rahmon al-Tunayji va Abdul Hamid Sulton al-Hammadi kabilar edi[11].
  • BAA elchisi ogʻir jarohat oldi. Olgan jarohati oqibatida 2017-yil fevralida vafot etdi[10][12].
  • Gubernator Humoyun Aziziy jarohatlandi[10].
  • Gubernator oʻrinbosari Abdul Ali Shamsiy halok boʻldi[13].
  • MP Rahima Jami jarohatlandi[14].
  • Sobiq president Hamid Karzayning amakivachchasi Hoshim Karzay yaralangan, 2017-yil 16-yanvarda jarohati oqibatida vafot etgan[15].

Reaksiyalar

tahrir

Hujumlar keng qamrovli reaksiyalarga sabab boʻldi. Koʻplab davlatlar, xalqaro tashkilotlar va dunyo yetakchilari, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, BMT Xavfsizlik kengashi, Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi tomonidan hujumlar qoralandi[16].

Birlashgan Arab Amirliklarida 3 kun davomida bayroqlar yarmiga qadar tushirildi. Butun dunyo boʻylab ta’ziyalar bildirildi. BAA vazirliklari, davlat idoralari va muassasalari halok boʻlganlarga hurmat bajo keltirdi. Birlashgan Arab Amirliklari diplomatlariga qilingan hujum uning Afgʻonistondagi gumanitar ishtirokini davom ettirishiga toʻsiqnlik qilmasligini bildirdi[16].

Manbalar

tahrir
  1. „Who attacked UAE diplomats in Kandahar? | DW | 11.01.2017“. Deutsche Welle.
  2. „At Least 52 Killed In Series Of Attacks Across Afghanistan“. 2017-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2017-yil.
  3. 3,0 3,1 Stanikzai, Zain Ullah. „7 killed, 6 wounded in Helmand suicide blast“ (10-yanvar 2017-yil). 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2017-yil.
  4. „Taliban attack near Afghan parliament kills more than 20“. Reuters (10-yanvar 2017-yil). 10-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2017-yil.
  5. „Nation in mourning as 5 UAE diplomats killed in Kandahar attack“.
  6. „UAE ambassador to Afghanistan survives attack“. Al Arabiya (10-yanvar 2017-yil). 2017-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2017-yil.
  7. „Juma Mohammed Abdullah al-Kaabi dies after Afghan blast“. Al Jazeera (15-fevral 2017-yil). 2017-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2017-yil.
  8. „Kandahar Deputy Governor Among The 11 Killed In Blast“. Tolo News (10-yanvar 2017-yil). 2017-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2017-yil.
  9. „UAE confirms five officials killed in Afghan attack“. BBC News (11-yanvar 2017-yil). 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2017-yil.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 Kumar, Ruchi. „The Taliban's Plot to Assassinate the UAE's Ambassador Relied on an Inside Man“. War is Boring (22-iyun 2017-yil). 28-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2017-yil.
  11. „Five UAE diplomats martyred in Afghan blast“ (12-yanvar 2017-yil).
  12. „Juma Mohammed Abdullah al-Kaabi dies after Afghan blast“. Al Jazeera (16-fevral 2017-yil). 2017-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2017-yil.
  13. „Young Symbol of Afghan Resilience Joins List of Lost Leaders“ (11-yanvar 2017-yil).
  14. „Afghanistan bombings: Dozens killed across the country“. BCC (10-yanvar 2017-yil).
  15. „Cousin of Hamid Karzai dies of injuries suffered in Kandahar attack“ (16-yanvar 2017-yil).
  16. 16,0 16,1 „Five Emiratis killed in Afghanistan attack“ (11-yanvar 2017-yil).