Afrika som baligʻi – baliq turining nomi Clarius boʻlib, 8-9 yil umr koʻrishi mumkin. Ushbu baliq turi qolgan baliq turlaridan farqli ravishda suvdagi kislorod bilan birgalikda havodan ham nafas oladi. Jagʻ qismi oʻziga nisbatan ancha katta boʻlib, oltita paypaslagichi bor, ozuqa deyarli tanlamaydi, 500 dan ortiq xil mahsulot bilan ozuqalanishi mumkin. Ushbu baliq turi suvsizlikka juda chidamli boʻlib, 45 soatgacha suvsiz yashashi mumkin. Faol boʻladigan harorati 20-30 gradus oraligʻi.