Afro-Amerikancha din
Afro-Amerikancha din afrikalik tub aholi tomonidan yaratilgan maʼnaviy oqim boʻlib, mintaqa aholisi quldorlik davrida Amerikaga koʻchib oʻtishgan paytda rivojlanib boshlagan. Hozirgi kunda kelib chiqishi afrikalik boʻlgan amerikaliklar madaniyatida ushbu diniy anʼanalarning belgi-asoratlari seziladi.
Afro-Amerikancha maʼnaviyat
tahrirMaʼnaviyatning ushbu turi afro-amerikaliklar shaxsiyati shakllanishida muhim rol oʻynagan va ular hayotining turli xil jabhalariga singib ketgan. Afro-amerikancha maʼnaviyat mintaqa tub aholisining diniy anʼanalari va qadriyatlari sababli yuzaga kelgan[1]. Bunga koʻra, odamlar ilohiy mavjudot boʻlib tugʻiladilar va shu sababli, din va maʼnaviyat bir-birini aniqlab keluvchi butun bir qism vazifasini bajaradi. Afrika dini va maʼnaviyati mintaqa madaniyati, taʼlim-tizimi, ijtimoiy hayoti, siyosati va iqtisodiyotiga ham yetarlicha taʼsir koʻrsatgan[2]. Umuman olganda, Afrika maʼnaviyati juda umumiy xarakterga ega hisoblanadi. Jon Mbiti taʼkidlaganidek, "Mening borligim sababi bu mening yaqinlarim. Ularning borligi sababi esa men (1969: 108). Ushbu iqtibosda inson oʻz-oʻzini anglab yetishi boshqalar oldida koʻndalang turgan burch, mas’uliyat va imtiyozlardan kelib chiqadi, degan fikr aks ettirilgan.
Eʼtiqod masalasi
tahrirAfrika maʼnaviyati oq tanli hisoblangan yevropalik quldorlardan aziyat chekkan qora tanlilarga, zulmni boshdan kechirganiga qaramay, birdamlikka erishishga va oʻzlarini qayta tiklash uchun oʻzlarida kuch topishga yordam berishga qaratilgan[3]. Bundan tashqari, afrikaliklar maʼnaviyati quldorlik davrida mintaqaning madaniy oʻziga xosligini yoʻq qilishga urinishlarini toʻxtatishga harakat qilib kelgan. Qabilaviy yashirin uchrashuvlarda musiqa va raqs orqali ilohiy kuch topishga harakat qilishgan; muqaddas ibodatlar qoʻshiqlar, nogʻora chalish va turli afsonalar xirgoyi qilish orqali amalga oshirilgan[4]. Maʼnaviyat va dinning tub maʼnodagi afrikancha tushunchalari oʻzaro bogʻliq ravishda zamonaviy afro-amerikancha madaniyatda oʻz aksini topgan[5].
Misol sifatida ushbu fikrni keltirishimiz mumkin: afro-amerikaliklar tomonidan saqlanib qolgan asosiy ruhiy holatga aloqador tushunchalardan biri odamlar diniy olamda yashagani uchun uning butun hayoti chuqurlashgan diniy tarzda boʻladi degan gʻoyadir. Bu gʻoya insonning oʻtmishi, hozirgi kuni va kelajagida boʻlayotgan voqealar sababi sifati tabiat va Yaratuvchi bogʻliqligiga iymon keltirish kerakligini anglatadi. Diniy qarashlarning ushbu turi afro-amerikaliklar xalqining merosi hisoblanadi hamda ushbu meros hozirga qadar ushbu millat madaniyatida saqlanib qolgan. Afro-amerikancha ibodat oʻz ichiga qoʻshiq kuylash va raqsga tushish kabi ifodalanuvchi ogʻzaki va jismoniy harakatlarni oladi.
Musiqa va maʼnaviyat tushunchalari afro-amerikaliklar madaniyatida bir-biriga juda yaqin tushunchalar sifatida ifodalanadi. Qoʻshtirnoq ichidagi „maʼnaviy elementlar“i yillar davomida saqlanib kelgan va rivojlangan madaniyatning yangicha naqshlarni ochib beradi. Ushbu elementlar sirasiga blyuz, rap va jazz kabi musiqa koʻrinishida paydo boʻladigan metafora, ramziylik va tasvirlardan foydalanish kiradi.
Manbalar
tahrir- ↑ Boyd-Franklin, N. (1989). Black Families in Therapy: A Multi-Systems Approach. New York: Guilford Press.
- ↑ The Oshun Festival: An African Traditional Religious Healing Process
- ↑ Michael Battle, The Black Church in America: African American Christian Spirituality
- ↑ %2F14371-015 Cook, D. A., & Wiley, C. Y. (2014). Psychotherapy with members of African-American churches and spiritual traditions. In P. S. Richards & A. E. Bergin (Eds.), Handbook of psychotherapy and religious diversity (pp. 373-397). American Psychological Association
- ↑ Wiggins, M., & Williams, C. B. (1996). Counseling African Americans: Integrating spirituality in therapy. Counseling and Values, 41(1), 16-28.