Agʻitay Adilov (1941.10.2, Taxtakoʻpir tumani) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi novatori, usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2005). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1992), Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi (1976). Toshkent xalq xoʻjaligi institutini bitirgan. Taxtakoʻpir tumani „Qoʻngʻirotkoʻl“ davlat xoʻjaligida bosh hisobchi (1970-76), „Taxtakoʻpir“ davlat xoʻjaligi direktori (1977-93), 1993-yildan „Taxtakoʻpir“ shirkat xoʻjaligi raisi. Adilov rahbarlik qilgan yillarda xoʻjalik respublikada rentabelligi yuqori, iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biriga aylandi, xoʻjalikning mashina-traktor parki eng zamonaviy texnika bilan taʼminlandi, sholi, bugʻdoy, paxtadan yuqori hosil yetishtirishga erishdi, ijtimoiy-madaniy markazlar, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, un, guruch ssxlari, gʻisht zavodi va boshqa qurildi. Adilov 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1990-94), 1-chaqiriq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisi Senati aʼzosi, 3-chaqiriq qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. "Shuhrat" medali (1998), "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

Agʻitay Adilov
Tavalludi 10-fevral 1941-yil
Vafoti 14-avgust 2012-yil(2012-08-14)
(71 yoshda)
Taxtakoʻpir
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi qishloq xoʻjaligi xodimi, ijtimoiy va siyosiy arbob
Mukofotlari

Oʻzbekiston Qahramoni

Manbalar tahrir