Agada - (orom. hikoya qilish, aytib berish) Talmudning katta qismini tashkil qilib, oʻzida diniy xarakterdagi hikoya va aforizmlar, shuningdek, tarixiy rivoyat va afsonalarni qamrab olgan. Agadani oʻrganuvchilar “agadist” deb yuritiladi. Manbalarda agadaning paydo boʻlishi mil. avv. II asrga borishi qayd qilinadi. Dastlab, Agadalar ogʻzaki koʻrinishda boʻlgan boʻlsa, keyinchalik ular jamlanib yozma holga keltirilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 15.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.