Agata Barbara (1923-yil 11-mart – 2002-yil 4-fevral[1]maltalik siyosatchi, parlament aʼzosi va vazir. U Malta prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol boʻldi va Malta siyosiy tarixidagi eng uzoq muddat xizmat qilgan parlament aʼzosi boʻlib qolmoqda.

Yoshligi

tahrir
 
Agata Barbaraning tugʻilgan joyi Zabbar

Barbara 1923-yilda Maltaning Zabbar shahrida tugʻilgan. Uning otasi Qirollik dengiz flotida ishlagan va juda kam maosh olgan. Onasi erining maoshiga toʻqqiz nafar farzandini boqish uchun qiynalgan. Agata ikkinchi farzand va qizlardan kattasi edi. U ota-onasidan uni maktabga yuborishlarini iltimos qildi va Vallettadagi gimnaziyaga borishga muvaffaq boʻladi. Ammo Ikkinchi Jahon urushi uni kollejda oʻqishni davom ettirishga toʻsqinlik qildi. U havo hujumi boshligʻi boʻlib ishlashga majbur boʻldi va aholini oziq-ovqat blan taʼminlash uchun Britaniya harbiylari tomonidan tashkil etilgan oshxonalardan birida ishladi. Urushdan keyin u maktab oʻqituvchisi boʻldi va keyinchalik siyosatga kirib keldi. U Malta Mehnat partiyasiga (MLP) aʼzo boʻldi, partiya ishlarida juda faol edi. MLP ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻldi, partiya ayollar boʻlimiga rahbarlik qildi va Maltada Ayollar Siyosiy Harakatiga asos soldi[2].

Siyosiy hayoti

tahrir

1947-yildan Maltada oʻzini oʻzi boshqarish cheklangan edi. Ayollar uchun ovoz berish huquqlari Malta ayollari uyushmasi va Malta mehnat partiyasi tomonidan cherkovning noroziliklariga sabab boʻldi. Taklif tor doirada boʻlsa-da, koʻpchilik ovoz bilan qabul qilindi. Voqealar Barbarani ayollar nima qila olishini koʻrsatishga undadi, shuning uchun odamlar uni qoʻllab-quvvatladi, u 1947-yilda saylovda qatnashdi. U 40 deputat orasida birinchi va yagona ayol boʻldi. 1982-yilgacha prezidentlik lavozimini tark etgunga qadar ketma-ket oʻnta saylovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan yagona ayol nomzod edi.

Agata Barbara iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning himoyachisi sifatida tanildi. U Maltaning birinchi va 1990-yillarning oxirigacha Vazirlar Mahkamasining yagona ayol vaziri edi. MLP birinchi marta 1955-yilda hokimiyatga kelganida, u 1955-yildan 1958-yilgacha Dom Mintoff tomonidan taʼlim vaziri etib tayinlangan.

Agata keng qamrovli islohotlarni amalga oshirdi: barcha bolalar uchun majburiy kunduzgi asosiy taʼlimni yoʻlga qoʻydi, pedagogika kolleji va nogironlar uchun maxsus maktablarni tashkil etdi, oʻrta maktabni bepul qildi va qizlar va oʻgʻil bolalar uchun tabiiy fanlar boʻyicha darslar berdi. 1958-yilda inglizlar va maltaliklar oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Koʻchalarda norozilik namoyishlari boshlandi va Mintoff isteʼfoga chiqdi. Barbara namoyishlarda qatnashdi va 43 kunlik „qattiq mehnat“ bilan jazolandi. 1971-yilda Mintoff yana hokimiyatga kelganida, Agata Barbarani yana taʼlim vaziri etib tayinladi. Endi majburiy asosiy taʼlim 14 yoshdan 16 yoshgacha uzaytirildi, savdo va texnik maktablar tashkil etildi va universitet toʻlovlari bekor qilindi. 1974-yilda u mehnat, madaniyat vaziri boʻldi. U ishsizlikni kamaytirish va ishchilarning ish haqi va sharoitlarini va ishlab chiqarish munosabatlarini yaxshilash ustida ishladi. Agata davrida ayollar va erkaklar uchun teng haq toʻlash, onalik va tugʻruq boʻyicha haq toʻlanadigan taʼtil, 40 soatlik ish haftasi, pensiya va ishsizlik nafaqalari toʻgʻrisidagi qonunlar ishlab chiqildi. Shuningdek, u bir qator milliy muzeylarni tashkil etdi. 1976-yilda Agata Barbara MLP parlament guruhi raisining oʻrinbosari boʻldi. Qisqa muddatlarda u Mintoffning oʻrinbosari boʻlib ishladi[3].

Barbara, shuningdek, Malta merosini himoya qilishda, Mdina va Vallettadagi tarixiy binolarni tiklashda va ulardan muzey sifatida foydalanishni ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynadi[4].

Prezidentlik

tahrir
 
Zabbardagi Barbara xotirasi

1981-yilgi saylovlar konstitutsiyaviy inqirozga olib keldi, chunki Millatchilar partiyasi (PN) koʻpchilik ovozlarni qoʻlga kiritdi, lekin faqat parlamentda ozchilik oʻringa ega boʻldi. MLP uchun 34 oʻringa qarshi 31 oʻrinni egallashdi. Millatchilar partiyasi parlamentni boykot qildi va namoyishlar uyushtirdi. Shunga qaramay, Mintoff hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi, ammo Barbara 1982-yil 15-fevralda 59 yoshda birinchi ayol prezident etib tayinlandi. U respublikaning uchinchi prezidenti edi. Odatda bu lavozim asosan tantanali qabul qilinar edi, ammo u buni rad etib, konstitutsiyaviy inqirozlarni hal qilishga kirishdi. 1987-yilda oʻz muddatining oxirida Barbara 1987-yilgi Konstitutsiyaviy islohotning taqdimoti va qabul qilinishiga raislik qildi, yaʼni Maltaning xorijiy kuchlardan mustaqilligini mustahkamlashdan tortib, partiyalardan biri mutlaq koʻpchilik ovoz olgan taqdirda qoʻshimcha parlament oʻrinlarini ajratishgacha boʻlgan jarayonlarni ishlab chiqdi[5]. 1987-yilda uning vakolat muddati tugadi va u siyosatdan ketdi[6].

Barbara 1986-yilda chiqarilgan bir qator Malta banknotlarida paydo boʻldi. U oʻzi tugʻilgan Zabbarda nafaqaga chiqdi va 2002-yilda vafot etdi. Uning sharafiga yodgorlik 2006-yil 23-aprelda Zabbarda Maltaning oʻsha paytdagi prezidenti Edvard Fenex Adami tomonidan ochildi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Barbara hech qachon turmushga chiqmagan. Maltalik-avstraliyalik yozuvchi Jozef Chetkuti oʻzining 2009-yilda Maltaning LGBT tarixi haqidagi kitobida Barbara lezbian boʻlganini oʻz zamondoshlari bilan suhbatlarga asoslanib aytgan[7].

2014-yilda Barbaraning Ikkinchi Jahon urushi paytida Maltada joylashgan Qirollik dengiz floti signalchisi Derek Barnesga yozgan „romantik maktublar“ ni Barnsning singlisi ommaga eʼlon qildi[8].

Milliy sharaf

tahrir
  •   Maltaning sobiq bosh vaziri sifatida „Milliy xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan (1990-yil).
  •   Maltaning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qayta joriy etilishining yetmish beshinchi yilligi medali (1996-yil)
  •   Malta Mustaqilligining 50 yilligi medali (2014-yil) vafotidan keyin

Xorijiy unvonlar

tahrir
  •   1-darajali Bolqon togʻlari ordeni
  •  1-darajali Davlat bayrogʻi ordeni (1985)
  •   Pokiston nishoni

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Profile of Agatha Barbara
  2. Torild Skard (2014) 'Agatha Barbaraʼ 'Women of power — half a century of female presidents and prime ministers worldwide. Bristol: Policy Press ISBN 978-1-44731-578-0
  3. Torild Skard (2014) 'Agatha Barbaraʼ
  4. „Commonwealth: Volumes 23-24“. Royal Commonwealth Society, 1979 (1979). Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
  5. „1987 Constitutional amendment“. www.justiceservices.gov.mt. Qaraldi: 18-yanvar 2020-yil.
  6. Torild Skard (2014) 'Agatha Barbara
  7. Chetcuti, Joseph Carmel. Queer Mediterranean Memories: Penetrating the secret history and silence of gay and lesbian disguise in the Maltese Archipelago. Carlton North, VIC, Australia: Lygon Street Legal Services, 2009. ISBN 9780646512792. 
  8. Calleja. „Agatha Barbara and romantic Navy letters“. Times of Malta. Qaraldi: 11-mart 2016-yil.

Havolalar

tahrir