Agnese Bonfantini (1999-yil 4-iyulda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi, A Seriyaning „Juventus“ klubi va Italiya ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Agnese Bonfantini
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-iyul 1999-yil (1999-07-04) (24 yosh)[1]
Tavallud joyi Verbania, Italy[2]
Ampluasi Yarim himoyachi, Hujumchi[1]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Juventus
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2010 Fondotoce
2010—2012 Gravellona Toce
2012—2015 Inter Milano
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2018 Inter Milano 69 (36)
2018—2021 Roma 56 (12)
2021- Juventus 20 (3)
Milliy terma jamoa
2017—2018 Italiya U19 8 (7)
2019 Italiya U23 1 (1)
2019- Italiya 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-iyun 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (30-noyabr 2021-yil uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Bonfantini olti yoshidan Pyemontning Fondotoce yoshlar darajasidagi klubida oʻynay boshlagan. 2012-yilda „Inter“ yoshlar safiga oʻtdi va keyingi olti yillik faoliyatini shu yerda oʻtkazadi.

Oʻn olti yoshida, 2015-yilning 16-aprelida „Inter“ safida debyut qilgan. Bu uning B Seriyaning 2014—2015-yilgi mavsumining soʻnggi oʻyinida klub safidagi birinchi katta starti edi. Klubdagi uzoq muddatli faoliyatiga qaramay, Bonfantini „Inter“ga A Seriyaga chiqishga yordam bera olmadi. 2018-yilning yozida yangi tashkil etilgan, top-divizion klubi „Roma“ga oʻtdi va unga bu imkoniyatni berdi.

Bonfantini oʻz tarixidagi birinchi liga oʻyinida 2018-yil 22-sentabrda „Sassuolo“ mehmoni boʻlgan „Roma“ning asosiy tarkibiga kiritilgan edi[3].

2020-yilning 15-fevralida Bonfantini „Roma“ tarixida „Hellas Verona“ darvozasiga 47 daqiqa ichida uchta gol urib, klubda xet-trik qayd etgan birinchi ayol boʻldi[4]. 2020—2021-yilgi mavsumda Bonfantini 2021-yil 30-may kuni Italiya kubogi finalida zaxiradan maydonga tushdi va „Roma“ga „Milan“ ni magʻlub etishga va klub sifatida oʻzining birinchi yirik sovrinini qoʻlga kiritishga yordam berdi[5].

2021-yil 5-iyulda Bonfantini „Juventus“ ga oʻtdi[6].

Terma jamoalardagi faoliyati tahrir

Bonfantini 2017-yilning 16-oktyabr kuni Italiya U-19 terma jamoasida Moldovaga qarshi debyut oʻyinida ikkita gol urdi. Oʻsha oʻyinda Italiya 8:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2018-yilning 5-aprelida Bonfantini Italiya U-17 terma jamoasi bian Shotlandiya darvozasiga gol urdi va uning oʻyinlari mamlakatiga YEVRO U-19 turniriga yoʻllanma olishiga yordam berdi.

2019-yilda Bonfantini Italiya terma jamoasi safida Vengriya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Yutuqlari tahrir

Roma

  • Italiya kubogi : 2020—2021

Juventus

  • A seriya : 2021—2022
  • Italiya kubogi : 2021—2022
  • Italiya Superkubogi : 2021—2022

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Agnese Bonfantini | Italy | UEFA Womenʼs EURO“. UEFA.com. Qaraldi: 26-oktabr 2020-yil.
  2. Agnese Bonfantini Soccerway saytida. Qaralgan sana: 26-oktabr 2020-yil.
  3. „Roma Women Lose Inaugural Match to Sassuolo, 3-2“ (inglizcha). Chiesa Di Totti (22-sentabr 2018-yil). 24-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  4. „Unstoppable Bonfantini Leads Roma to 6-0 Win Over Verona“ (inglizcha). Chiesa Di Totti (15-fevral 2020-yil). 20-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  5. „Roma Wins 2021 Coppa Italia in Penalty Shootout“ (inglizcha). Chiesa Di Totti (31-may 2021-yil). 30-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  6. „BONFANTINI OFFICIALLY JOINS JUVENTUS WOMEN!“. Juventus.com (5-iyul 2021-yil).