Ahlat Ağacı
Ahlat Ağacı (Yovvoyi nok) — 2018-yilda rejissyor Nuri Bilge Ceylan tomonidan suratga olingan badiiy drama film. Nuri Bilge Ceylan film ssenariysini rafiqasi Ebru Ceylan va Akin Aksu bilan birga yozgan. 71-Kann kinofestivalida namoyish etilgan. Filmda bosh rollarini Aydin Doğu Demirkol, Murat Cemcir va Bennu Yıldırımlar ijro etgan[1][2].
Ahlat Ağacı | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Nuri Bilge Ceylan |
Ssenariynavis(lar) |
Nuri Bilge Ceylan Ebru Ceylan Akın Aksu |
Rollarda |
Aydın Doğu Demirkol Murat Cemcir Bennu Yıldırımlar |
Davomiyligi | 188 daqiqa |
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Film, Oscar mukofotining Chet tilidagi eng yaxshi film nominatsiyasida Turkiya nomzodi sifatida koʻrsatildi[3]. Biroq u nomzod sifatida ishtirok etmadi[4].
Syujeti
tahrirAhlat Ağacı oʻz shahriga qaytib, oʻzi yozgan kitobini chop etish uchun pul yigʻmoqchi boʻlgan, lekin otasining qarzlariga duch kelgan yigitning hikoyasidir[5][6].
Sinan universitetni endigina tamomlagan umidli yozuvchi. Oʻzining tugʻilgan shahri Changa qaytib, u „avtofantastik meta-roman“ deb atagan narsani nashr etish uchun mablagʻ topishga kirishadi. Lekin atrofidagilar bunga qiziqmasligini tushunadi. Bundan tashqari u otasi Idrisning qimor oʻyinlariga moyilligi oilasining obroʻsi va farovonligini pasaytirganini tushunadi. U oʻzining kelajagi haqida qaygʻuradi va ushbu qishloq joyida ijtimoiy jihatdan yakkalanib qoladi. U shahar boʻylab sayohat qilar ekan, ikki imom va yozuvchining mahalliy aholi bilan zamonaviy dunyoda dinning oʻrni haqidagi bir qator qizgʻin bahslarga aralashadi.
Oxir-oqibat u otasining qimor oʻyinlaridan qattiq jirkana boshlaydi. Otasi uning pullarini oʻgʻirlayotgani haqida gumonga boradi. Sinan kitobini chop etish uchun otasining suyukli itini sotadi. Keyin u harbiy xizmatga joʻnab ketadi. Qaytib kelgach otasi oilani tashlab, qishloqdagi fermada yashayotganini koʻradi. Ikkisi samimiy suhbatlashishadi. Idris koʻp vaqtini oladigan choʻl yerda quduq qazishdan voz kechganini, Sinanning kitobini oʻqib zavqlanganini aytadi. Surreal sahnada Sinan quduqqa oʻzini osib qoʻygandek koʻrinadi, ammo bu sahna kutilmaganda Idrisning uygʻonishi bilan toʻxtatiladi. Oʻgʻlining qayerda ekanligiga qarab, Idris Sinan quduq oxirini qazishni davom ettirayotganini koʻradi.
Rollarda
tahrir- Aydin Doğu Demirkol — Sinan Karasu[7]. Sinan (Doʻgʻu Demirkol) maktabni endigina bitirgan va oʻqituvchi boʻlishni xohlaydigan yosh yigit. Qishloqdagi uyiga oilasini koʻrish uchun kelganida, otasi Idrisning (Murat Cemcir) qimor oʻyinlari tufayli qarzga botganini koʻradi. Sinanning yakuniy imtihondan oldingi va keyingi holatlari, „aylanma yoʻllar“dan oʻtgani haqida tomoshabinlarga hikoya qiluvchi rejissyor avvalgi filmlaridagi kabi, real voqeylik bilan uygʻunlashtiradi. Yozuvchi boʻlishni orzu qilgan Sinan film davomida kitobini nashr etish uchun kurashadi. Biroq bir tomondan tajribasizligi, ikkinchi tomondan, takabburligi homiy topishga toʻsqinlik qiladi va oxir-oqibat kitobini oʻz puliga nashr etishdan boshqa chorasi yoʻqligini tushunadi. Allaqachon kambagʻallasha boshlagan oilasi otasi tufayli qarzga botganida, Sinan va uning otasi oʻrtasida ziddiyat boshlanadi. Qaysi ish bilan shugʻullanishi, qayerda yashashi, kim bilan turmush qurishi va qanday hayot kechirishi nomaʼlumliklar girdobida qolgan Sinan kelajak tashvishi ostida oʻzining mavjudligiga shubha qila boshlaydi. Sinan film davomida qandaydir oʻzlikni topish uchun kurashadi.
Rollarda
tahrir- Bennu Yıldırımlar — Asuman Karasu (Sinanning onasi)
- Murat Cemcir — Idris Karasu (Sinanning otasi)
- Hazar Erguchlu — Hatije
- Ahmet Rifat Shungor — Ali Rizo
- Erjument Balakogʻlu — Ramazon (Asumanning otasi, Sinanning bobosi)
- Oʻzay Fecht — Hayriye (Sinanning buvisi)
- Serkan Keskin — Sulaymon Akbaş (muallif)
- Tamer Levent — Rejep (Idrisning otasi, Sinanning bobosi)
- Kadir Jermik — shahar hokimi Adnan
- Kubilay Tuncer — Ilhom
- Akin Aksu — Imom Veysel
- Oʻner Erkan — Imom Nazmiy
- Sencar Sagdich — Nevzat
- Asena Keskinchi — Yasemin
- Abdurahmon Tutor — Seydi
Ishlab chiqarish
tahrirFilmning nomi ilk bor 2016-yil sentyabr oyi oxirida eʼlon qilingan[5]. Bundan tashqari, filmga Arte France Cinema instituti tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatildi[8]. Rejissor Nuri Bilge Ceylan, "Istasak ham, xohlamasak ham baʼzi xususiyatlarimizni otalarimizdan meros qilib oldik. Bular bizning zaif tomonlarimiz, odatlarimiz va boshqalar. Filmda biz bir qator ogʻriqli tajribalar orqali bir xil taqdirni baham koʻrgan otalar va oʻgʻillarning yaratgan ayovsiz doirasini tasvirlaymiz, " degan edi[5].
Madaniyat va turizm vazirligining 2 million liralik yordami bilan Ahlat Ağacı vazirlik tomonidan eng koʻp qoʻllab-quvvatlangan film boʻldi[9]. Avvalroq Nuri Bilge Ceylanning „Qish uyqusi“ filmiga vazirlik tomonidan 750 ming liralik yordam berilgan edi, bu esa hozirgacha berilgan eng katta yordam[10].
Mukofotlar
tahrir- 51-SİYAD mukofotini topshirish marosimi (2018)
- Eng yaxshi kino
- Eng yaxshi rejissyor (Nuri Bilge Ceylan)
- Eng yaxshi ssenariy (Akin Aksu, Ebru Ceylan, Nuri Bilge Ceylan)
- Eng yaxshi aktyor (Doʻgʻu Demirkol)
- Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa (Bennu Yildirim)
- Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor (Murat Cemcir)
Manbalar
tahrir- ↑ „Nuri Bilge Ceylan'ın son filmi satışa çıktı“ (Türkçe). CNN Türk. cnnturk.com (23 mayıs 2017). 14 kasım 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2017.
- ↑ „Nuri Bilge Ceylan’ın Ahlat Ağacı Cannes 2018’e Hazır!“ (Türkçe). Film Loverss. filmloverss.com (17 mayıs 2017). 14 kasım 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2017.
- ↑ „"Ahlat Ağacı" Oscar aday adayı oldu“ (Türkçe). Milliyet Sanat. milliyetsanat.com (17 ağustos 2018). 17 ağustos 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 ağustos 2018.
- ↑ „91. Akademi Ödülleri İçin Kısaltılmış Aday Listeleri Açıklandı“. filmloverss.com (18 aralık 2018). 18 aralık 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 aralık 2018.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Ceylan’ın ‘Ahlat Ağacı’ filmi yolda“ (Türkçe). Milliyet Gazetesi. milliyet.com.tr (30 eylül 2016). 14 kasım 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2017.
- ↑ „Cannes Adds Lars von Trier’s ‘The House That Jack Built,’ Sets Terry Gilliam’s ‘Don Quixote’ as Closer“ (İngilizce). Variety. 21 nisan 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 nisan 2018.
- ↑ „Nuri Bilge Ceylan'ın Ahlat Ağacı filminde oynayan Doğu Demirkol kimdir?“ (Türkçe). Posta. posta.com.tr (20 nisan 2018). 28 nisan 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 nisan 2018.
- ↑ „Arte France Cinéma Coproduit Les Prochaıns Films De Mia Hansen-Løve, Santiago Mitre, Cédric Kahn, Emmanuel Mouret Et Nuri Bilge Ceylan“ (Fransızca). Arte. arte.tv (28 eylül 2016). 14 kasım 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2017.
- ↑ „Nuri Bilge Ceylan'a 2 milyon TL“ (Türkçe). Hürriyet. hurriyet.com.tr (1 şubat 2017). 14 kasım 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2017.
- ↑ „Kültür Bakanlığı'ndan Nuri Bilge'ye rekor destek“ (Türkçe). Hürriyet. hurriyet.com.tr (16 mayıs 2013). 14 kasım 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2017.