Ahmad Faxuriy
center|330x330px 

Shaxsiy ma'lumot
Tugʻilgan yili 1978-yil 6-iyun
Tugʻilgan joyi Suriya
Dini Islom
Farzandlari soni 2
Mehnat faoliyati
Taʼlimi Damashq universiteti (2003)
Kasbi Diktor, teleboshlovchi
Tili Arab, ingliz
Faoliyat yillari 2004-yildan hozirgacha
Faoliyat joyi kanali الجزيرة

Ahmad Faxuri (1978-yilning 6-iyunida Hamo shahrida tugʻilgan) suriyalik media prodyuser. U Suriya telekoʻrsatuvida, Al-Ghad Channel va BBC Arabicda ishlagan va Trending taqdimoti bilan mashhur boʻlib, keyin esa Al -Jazira kanalida faoliyatini boshlagan. Hozir esa u yerda teledastur taqdim etmoqda.

Mehnat faoliyati tahrir

A. Faxuriy 1996-yilda huquqshunoslik bo‘yicha o‘qishni boshlab, 2001-yilda Halab universitetining huquq fakultetini tamomlagan. Keyin u Damashq universitetida 2 yil ketma-ket “shaxsiy huquq diplomi” bo‘yicha aspiranturani tamomladi. Ammo shaxsiy sabablarga ko'ra u yerda oʻqishni davom ettirmadi. 2002-yilda u biznes-reklama kompaniyasida agent boʻlib va bir vaqtning oʻzida hujjatli filmlar rejissyori sifatida ham ishladi.

2004-yilda Damashq radiosida diktorlar tanlovidan o‘tib, Damashq bosh radiosida yangiliklar va teleko‘rsatuvlar boshlovchisi bo‘ldi. 2006-yilning oxiri 2007-yilning boshlarida esa Suriya rasmiy teleko'rsatuvi orqali televideniye sohasiga kirdi. U yerda Ahmad al-Faxuriy kechki yangiliklar boshlovchisi sifatida ishladi. Keyinchalik Al-Jazeera Documentary va National Geographic kabi bir qator kanallar uchun hujjatli filmlarni tayyorlab, sharhlovchilik ham qilgan.


2013-yilga kelib esa u Istanbuldagi Al-Ghad telekanalida muxbir sifatida ishlay boshladi. Soʻng 2014-yilda Buyuk Britaniyaga ko‘chib borib, u yerda sharhlovchilar, tahlilchilarga aloqador yangiliklar dasturlariga qo‘shimcha ravishda BBC Arabicda yangiliklar taqdim eta boshladi. 2017-yilning oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlar mazmunini namoyish qilish bilan bogʻliq "Trend" dasturini taqdim etdi.

Turmush qurgan, 2 o‘g‘li bor.

2022-yilning iyul oyida u BBC Arabic[1] kanalidan ketib, Al-Jazira[2] kanaliga qoʻshilishini eʼlon qildi.

Yana qarang tahrir

  • BBC arabcha

Manbalar tahrir