Ahmad Kosoniy (arabcha: أحمد كاساني Ahmad Kosoniy — Toʻliq ismi: Abuljavd Ato ibn Ahmad ibn Sodiq Xolidiy Kosoniy — Muhaddis.

Ahmad Kosoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Faoliyati tahrir

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand“ asarida Ato ibn Ahmad Kosoniyning Xolid ibn Valid avlodidan ekanligi aytiladi. Kosonda tavallud topgan. Biroq, yashagan davri haqida maʼlumotlar manbalarda zikr qilinmagan. Uzoq muddat Samarqandda yashab, islom ilmlaridan tahsil olgan. Hadis rivoyat qiladigan olim darajasiga yetishgan, keyin ona yurti Kosonga qaytib, u yerda shahid bo‘lgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 332.