Ahmad ibn Muhammad al-Maqqariy at-Tilmisoniy (أحمد المقري التلمساني) (1577-1632)[1] jazoirlik olim, biograf va XX asrgacha Andalus tarixi borasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun asos boʻlgan eng mashhur – “Nafh at-tib” asari muallifi edi.

Ahmad al-Maqqariy
Tavalludi 1577
Vafoti 1632
Qohira
Fuqaroligi Regency of Algiers
Kasbi olim, biograf
Dini Islom

Hayoti

tahrir

Kelib chiqishi tilimsonlik boʻlgan Maqqariy Jazoirdagi Maqqara qishlogʻidan kelgan taniqli ziyolilar oilasida tugʻilgan[1]. Tilimsondagi ilk taʼlimdan soʻng, Maqqariy Marokashning Fas shahriga, soʻngra Marokashga - Ahmad al-Mansur saroyiga yoʻl oladi. 1603-yilda al-Mansur vafot etgach, Maqqariy Fasda[1] al-Mansurning vorisi Zaydon Abul Maoliy tomonidan ham muftiy, ham Qaraviyyin masjidiga imom etib tayinlandi.

1617-yilda u mahalliy hukmdor bilan kelishmovchilik tufayli Sharqqa joʻnab ketadi va Qohirada istiqomat qiladi. U yerda oʻzining eng mashhur asari “Nafh at-tib”ni yozgan[1].

1620-yilda u Quddus va Damashqqa tashrif buyurib, olti yil davomida besh marta haj qilgan. Makka va Madinada hadisdan ma’ruzalar oʻqigan. 1628-yilda u yana Damashqda boʻlib, u yerda Imom Buxoriyning hadislar toʻplami boʻyicha ma’ruzalarini davom ettirgan. Shu orada musulmon Iberiyaning ulugʻvorligi haqida koʻp gapirgan va keyinchalik bu mavzuda oʻz asarini yozishga turtki boʻlgan. Oʻsha yili u Qohiraga qaytib kelgan va asosan Marokashdagi Sa’diy kutubxonasida toʻplagan materiallari asosida Ispaniya tarixini yozishga bir yil vaqt sarflagan. Hozirda saqlanib qolgan qoʻlyozmalar qisman Madrid yaqinidagi El Escorialda saqlanadi. Maqqariy 1632-yilda Damashqqa ketayotganda vafot etgan.

Asarlari

tahrir

• Ravzat al-os al-otira al-anfos fi zikri man laqaytuhu min a’lom al-hazratayn: Marokash va Fos (روضة الآس العاطرة الأنفاس في ذكر من لقيته من أعلام الحضرتين: مراكش وفاس).

• Nafh at-tib min gʻusnil Andalus ar-ratib va zikru vaziriha Lisoniddin ibnil Xatib (نفح الطيب من غصن الأندلس الرطيب وذكر وزيرها لسان الدين بن الخطيب).

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Josef W. Meri. Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia. Taylor & Francis, 31 October 2005 — 478-bet. ISBN 978-1-135-45603-0.