Ahmad bin Vahab
Ahmad bin Vahab (vaf. 883) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Jaʼfar. Basralik shayxlardan. Bagʻdodga safar qilib, bir muddat Shuniziya masjidida tavakkul bilan ibodat qilgan. Abu Hotam Attor bilan suhbatda boʻlgan. Abu Yaʼqub Zayyotning piri. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |