Ahmad ibn Harb
Zohid va muhaddis
Ahmad ibn Harb (toʻliq ismi Abu Abdulloh Ahmad ibn Harb Naysoburiy) — Nishopurning taniqli zohidi va muhaddisi.
Xuroson faqihi va shayxlarining oqsoqollaridan biri bo‘lgan Ahmad ibn Harb “al-Arbain”, “Kitobuz-zuhd” va “Iyalulloh” kabi hadis va tasavvufga oid asarlar yozgan. Biroq uning birorta asari bugungi kungacha yetib kelmagan. U Yahyo ibn Muoz ar-Roziyning ustozi, Sufyon ibn Uyayniyning shogirdi edi. Bir muddat Turkistonda g‘ayrimusulmon turklarga qarshi jihodda qatnashgan. Makkada ham istiqomat qilgan. U Ahmad ibn Hanbal davrida Bag‘dodga tashrif buyurib, u yerda dars bergan. Islomning oltin asrida 234-yilda (milodiy 849-yil) 85 yoshida vafot etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ahmad ibn Harb“. المکتبة الاسلامیة.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Ahmad ibn Harbga tegishli iqtiboslar mavjud. |