Ahmadilla Rustamov
Ahmadilla Rustamov — sovet iqtisodiyoti, davlat va siyosiy arbobi.
Ahmadali Rustamov | |
---|---|
Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 1979 – 1982 | |
Oʻtmishdoshi | Hamdam Umarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1937-yil |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1937-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.
1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1959-1982-yillarda Fargʻona viloyat irrigatsiya tizimlari boshqarmasi muhandis-gidrometri, Quva viloyat irrigatsiya tizimlari boshqarmasi boshligʻi, boʻlim boshligʻi, viloyat irrigatsiya tizimlari boshqarmasida qurilish-montaj birlashmasi boshligʻi, „Fargʻonairqurilish“ tresti boshqaruvchisi, SSSR Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi ekspluatatsiya bosh boshqarmasi boshliq oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari, Fargʻona viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9 va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSS XXVI sʼezdi delegati.
Oʻzbekistonda yashaydi.
Havolalar
tahrir- Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Desyatiy soziv. (Kratkie biograficheskie svedeniya). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 289.