Ahmadjon Meliboyev— 1946-yil 23-mart kuni Qirg'iziston Respublikasi Oʻsh viloyati Safed Bulon qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1974-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning Jurnalistika fakultetini tugallagan[1]. Mehnat faoliyatini yoshlar gazetasida boshlagan. Soʻng Yoshlar nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston televideniyesida siyosiy sharhlovchilik qilgan. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida uzoq yillar bosh muharrir boʻlib ishladi. Oʻshanda gazetaning adadi 886 ming nusxaga yetgan. 2000-2004 yillari Oʻzbekiston Pezidentining Davlat maslahatchisi, maslahatchining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2018-yilning may oyidan eʼtiboran “Jahon adabiyoti” jurnaliga rahbarlik qilmoqda.

Ahmadjon Meliboyev
Tavalludi 23-mart 1946-yil

ASARLARI

tahrir

“Bir zaminda yashaymiz” (1982), “Umidli dunyo” (1984), “Yolgʻiz yashab boʻlmaydi” (2006), “Hushtakni kim chaladi?”(2007), “Umr uchar yulduz” (2006), “Torning choʻmichdan farqi” (2007), “Suvora sogʻinchi” (2007), “Qirq beshinchi bekat” (2008), “Qabohat toʻri” (2013), “Rizq daraxti”, “Oʻzingni oʻzing boshla” (2017) nomli publitsistik toʻplamlari, “Oʻngʻor ertaklari” (1985), “Safed Bulon hikoyalari” (2009) nomli nasriy asarlari, yosh jurnalistlar uchun 6 ta oʻquv qoʻllanmasi eʼlon qilingan. Ahmadjon Meliboyev milliy jurnalistikamiz rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Uning 2004-yili “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi tahririyatida tashkil etgan “Mahorat maktabi” bugun oʻz faoliyatini OʻzMU Jurnalistika fakultetida davom ettiryapti. Shu yillar ichida ushbu maktabda ikki yuzga yaqin boʻlajak jurnalist taʼlim oldi. Tajribali ustoz sifatida yoshlarga oʻzi rahbarlik qilayotgan “Mahorat maktabi”da iqtidorli talabalar va yosh oʻqituvchilarga mahorat sirlarini oʻrgatyapti.

FAOLIYATI

tahrir

1976-2020-yillari matbuotda Ahamadjon Meliboyevning 800 dan ortiq maqolasi eʼlon qilingan. Deyarli har haftada gazetalarimizda jurnalistning yangi maqolasini oʻqishingiz mumkin. Ahmadjon Meliboyev 2018-yili Oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng yaxshi pedagog” respublika tanlovida, 2019-yili “Oltin qalam” tanlovida  gʻolib boʻldi. Oʻzbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan “Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston” doimiy ekspozitsiyasi rahbari. Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiya aʼzosi. Keyingi ikki yil ichida Qirgʻiziston va Belorus davlat universitetlarida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir ilmiy maʼruzalar oʻqidi. “Chingiz Aytmatov: Davr. Inson. Haqiqat” monografiyasi chop etildi. 2020-yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Adib va jamiyat” ruknida uning “Tojdor ajal hamlasi yoxud dunyoni larzaga solgan 40 kun” nomli salmoqli publitsistik kitobi chop etildi.

Manbalar

tahrir