Ahmed Majdalani (arabcha: أحمد مجدلاني) (1956-yilda tugʻilgan) — falastinlik siyosatchi, universitet professori va tadqiqotchisi. Falastin hukumatining sobiq vaziri boʻlgan, hozirda u Falastin Xalq kurash fronti (PPSF) Bosh kotibi lavozimida ishlaydi va Falastindagi eng yuqori siyosiy daraja hisoblangan FLO Ijroiya qoʻmitasining yuqori martabali aʼzosihisoblanadi.

Yoshligi tahrir

Majdalani 1956-yilda Suriyaning Damashq shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi falastinlik boʻlishgan. U Bolgariyaning Sofia shahridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasiga oʻqishga kiradi va u yerda siyosiy iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi[1].

Siyosiy faoliyati tahrir

Majdalani Falastin Milliy Kengashi va Falastin Ozodlik Tashkiloti Ijroiya Qo‘mitasi aʼzosidir[2]. 1998-yilda u Falastin milliy maʼmuriyatining arab va xalqaro aloqalar boʻyicha bosh direktori lavozimida ishlagan[3].

2009-yil 12-avgustda, besh kun oldin Samir Ghawshah vafotidan so‘ng, partiyadoshlari tomonidan saylangan Majdalani Falastin Xalq kurash fronti (PPSF) Bosh kotibi bo‘ladi. Shundan soʻng, u oʻz maqsadlari Falastin demokratik institutlarini mustahkamlash va Gʻazo sektorini nazorat qiluvchi Hamas va Gʻarbiy Sohildagi hukmron Falastin fraksiyasi Fath oʻrtasidagi nizolarga barham beradigan saylovlarni ragʻbatlantirish ekanini aytgan edi.

Falastin vaziri tahrir

Majdalani 2005-yil fevralidan 2006-yil martigacha 9-Falastin hukumatida davlat vaziri lavozimiga tayinlangan, uning asosiy vazifasi Gʻarbiy Sohildagi toʻsiq bilan bogʻliq masalalarni hal qilish edi[1].

Yaqinda u Gʻarbiy Sohilda joylashgan Falastin maʼmuriyatining Mehnat vaziri boʻlib ishlagan. U bu lavozimga Falastin prezidenti Mahmud Abbos tomonidan 2009-yil 19-mayda tayinlangan edi[1].

2019-yil 13-aprelda u 2019-yil aprel oyidan Falastin Davlati Hukumatida Ijtimoiy rivojlanish vaziri etib tayinlanadi[4].

Akademik faoliyati tahrir

Majdalani Ramallah shimolida joylashgan Birzeit universitetining falsafa va madaniyatshunoslik professori sanaladi. U uchta tadqiqotga mualliflik qilgan: Falastin milliy loyihasi oldida turgan jiddiy tahdidlar (2007-yil), "Arab tinchlik tashabbusi: tinchlik oʻrnatish varianti yoki strategiyasimi? (2007-yil) va Bir tomonlama Mustaqillik Deklaratsiyasi (2008-yil)nomli tadqiqotlar muallifi hisoblanadi[5].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Ahmed Majdalani Profile. Jerusalem Media and Communications Center (JMCC). 2010-01-23. Retrieved on 2012-01-23.
  2. Who are the members of the new Palestinian government? (Wayback Machine saytida 2013-07-09 sanasida arxivlangan) Maʼan News Agency. 2009-05-19. Retrieved on 2012-01-23.
  3. Report of the Director-General: appendix. International Labor Organization, 1998. p. 2.
  4. „حكومة أشتية تؤدي اليمين الدستورية“ (ar). الشرق الأوسط. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  5. Ahmad Majdalani. Palestine-Israel Journal of Politics, Economics and Culture.