Ahror (arab. - «hur» so‘zining ko‘pligi) - islomda «hur»,«ozod» ma’nolarini anglatuvchi tushuncha. Tasavvufda uch xil asirlikdan xalos topgan kishiga «hur» unvoni beriladi. Birinchisi - hayvoniy va shahvoniy his-tuyg‘ularni yengib, ularning asirligidan qutulish. Bu martaba nomi - «hurriyati omma». Bu xususiyat hammada ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchisi - ortiqcha orzu-havaslardan voz kechish. Bu - «hurriyati xossa» atalib, u tasavvuf ahlining ko‘pchiligida topilishi mumkin. Uchinchisi - barcha dunyoviy taqlid, an’ana va mashg‘ulliklardan dilni pok tutish. Bu - «hurriyatu xossatil-xossa» deb atalib, u tasavvuf ahlining ayrimlarigagina nasib etadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 64.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.