Ahsan ut-tavorix
Ahsan ut-tavorix (Solnomalar sarasi) — nomli tarixiy asar, muallifi XVI asr eron tarixchisi Hasanbek Rumludir.
Tarixi
tahrirHasanbek Rumlu XVI asrda yashagan Eron tarixchilaridan biri hisoblanadi. Ahsan ut-tavorix (Solnomalar sarasi) nomli 12 jilddan iborat umumiy tarix yoʻnalishida yozilgan asarlardan biri. Ammo ushbu asarning faqatgina 11-12 jildlari saqlanib qolgan. Mazkur asarning ushbu jildlarida 1405—1577-yillar orasida Eronda, shuningdek, Hindiston, Movarounnahr, Ozarbayjon, Turkiya va Gurjistonda boʻlib oʻtgan ishtimoiy-siyosiy voqealar yilma-yil bayon qilingan[1]. Asarning 12-jildi asl nusxasi hisoblanadi va yuqorida qayd etilgan mamlakatlarning asosan Eronning 1495—1577-yillardagi siyosiy tarixini oʻz ichiga oladi. Asar 1572—1577-yillarda yozib tamomlagan. Hasanbek Rumluning ushbu asarida Safaviylar sulolasiga mansun Eron shohlari koʻklarga koʻtarib maqtalgan va ularning faoliyati va bosqinchilik yurishlari bir tomonlama yoritilgan. Shunga qaramay, asarda Eronning 1495—1597-yillar orasida qoʻshni mamlakatlar, shuningdek, Oʻrta Osiyo xonliklari (Buxoro, Xiva) bilan boʻlgan munosabatlarga oid qimmatli maʼlumotlar mavjud. Zahiriddin Muhammad Bobur bilan Shoh Ismoil oʻrtasida Shayboniylarga qarshi tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq, Shayboniylar bilan Eron hukmdorlari oʻrtasidagi Xuroson uchun uzoq yillar davom etgan qurolli kurash va uning ayanchli oqibatlari, Xorazmning XVI asrning birinchi yarmidagi ishtimoiy-siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar shular jumlasidandir. „Ahsan ut-tavorix“ asaridan ayrim parchalar gruzin, rus va nemis tillariga tarjima qilingan boʻlib, toʻplamlarda chop etilgan. Forscha matni, inglizcha tarjimasi bilan birga, 1931 va 1934-yillari Ch.N.Seddon tarafidan Baroda (Hindiston)da chop qilingan[2].