AIRDO Co., Ltd. (yaponcha: 株式会社エアドゥ Kabushiki-gaisha Ea Du?), Ilgari Hokkaido International Airlines (yaponcha: 北海道国際航空株式会社 Hokkaidō Kokusai Kōkū Kabushiki-gaisha?) nomi ostida faoliyat yuritgan — Yaponiyaning mintaqaviy aviakompaniyasi shtab-kvartirasi Sapporoda (Xokkaydo) joylashgan boʻlib, All Nippon Airways magistral aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Xonsyu va Xokkaydo orollari oʻrtasida rejalashtirilgan reyslarni amalga oshiradi.

Air Do
エア・ドゥ
Ea Du
IATA ICAO Identifikatori
HD ADO AIR DO
Tashkil topgan 1996-yil 11-noyabr
Boshlangan amaliyotlari 1998-yil 20-dekabr
Havo tuguni
Park hududi 14
Bosh qarorgohi Yaponiya Sapporo (Xokkaydo), Yaponiya
Muhim shaxslar Susumi Kusano (Prezident)
Yillik daromadi Decrease ¥49 mlrd (2014)[1]
Sayti http://www.airdo.jp/
Air Do shtab-kvartirasi joylashgan The Oak Sapporo Building bosh ofisi (Sapporo)

Tarixi

tahrir

Xokkaydo xalqaro aviakompaniyasi 1996-yilda tadbirkor Hamada Teruo tomonidan Yaponiya hukumati ichki yoʻnalishlarda tijorat havo qatnovini tartibga solishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilganidan koʻp oʻtmay tashkil etilgan boʻlib, kompaniyalarga ushbu yoʻnalishlarda oʻz chiptalari narxini belgilash imkonini bergan. Hamada Xokkaydo va Tokio shaharlari oʻrtasida rejalashtirilgan reyslarda magistral tashuvchilar (All Nippon Airways, Japan Airlines va Japan Air System) bilan raqobat qilaoladigon arzon aviakompaniya yaratishdan manfaatdor boʻlgan boshqa 29 investorlarni jalb qilgan. Qoʻshimcha sarmoya Kyocera, Tokio Marine & Fire Insurance, Hokkaido Electric Power Company va mamlakat poytaxtiga boradigan yoʻnalishlarda aholi uchun chiptalar narxini pasaytirishdan manfaatdor Xokkaydo mahalliy hukumatidan ham kelib tushgan.

2012-yil 1-oktyabrda aviakompaniya oʻz nomini rasmiy ravishda Hokkaido International Airlines Co., Ltd dan " „AIRDO Co., Ltd“ ga oʻzgartirdi[2].

2015-yil yanvar oyida davlat aviatsiya regulyatorining buyrugʻiga binoan Air Do eng kam daromadli Niigata, Toyama, Fukusima va Komatsuga yoʻnalishlarni yopdi[3].

Korporativ maʼlumotlar

tahrir

Aviakompaniyaning bosh ofisi Oak Sapporo Building (yaponcha: オーク札幌ビル 'Ōku Sapporo Biru'?) biznes markazida joylashgan (Sapporo).

2019-yil 27-iyundan boshlab Air Do Co., Ltd Susumi Kusano prezident etib saylangan[4].

Yoʻnalish tarmogʻi

tahrir

2020-yil avgust oyida Air Do marshrut tarmogʻiga quyidagi yoʻnalishlardan iborat edi[5][6]:

Mintaqa Shahar Aeroport Manbalar
Xokkaydo Asahikava Asahikava aeroporti
Hakodate Hakodate aeroporti
Komatsu Komatsu aeroporti [3]
Kushiro Kushiro aeroporti
Niigata Niigata aeroporti [3]
Sapporo Yangi Chitose aeroporti
Obihiro Obihiro aeroporti
Odzora Memanbetsu aeroporti
Xonsyu Fukusima Fukusima aeroporti [3]
Xirosima Xirosima aeroporti [1]
Kobe Kobe aeroporti
Nagoya Chubu xalqaro aeroporti
Okayama Okayama aeroporti [1]
Senday Senday aeroporti
Tokio Haneda xalqaro aeroporti
Toyama Toyama aeroporti [3]

Hozirgi vaqtda

tahrir
 
Boeing 767-300ER AirDo

2019-yil dekabr oyida Air Do floti quyidagi samolyotlardan iborat edi[7]:

Air Do aviakompaniyasining havo floti'
Samolyot turi Ekspluatatsiyada Buyurtma qilingan Joylar soni Eslatmalar
Boeing 737-700 8 144
Boeing 767-300 2 270
Boeing 767-300ER 4 286
Jami 14

Ilgari

tahrir
 
Hokkaido International Airlines aviakompaniyasining Boeing 737-500 samolyoti

Ilgari aviakompaniya quyidagi laynerlarni ekspluatatsiya qilgan[8] :

Ekspluatatsiyadan chiqarilgan Air Do havo floti
Samolyot turi Jami Kirish yili Chiqarish yili Eslatmalar
Boeing 737-400 2 2005 2009
Boeing 737-500 7 2008 2016
Boeing 767-200 1 2003 2005
Boeing 767-300 2 2005 2016

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „History“. Air Do. 24-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  2. Yoshikawa, Tadayuki „エア・ドウ、社名もAIRDOに統一.“ (ja). Aviation Wire. 24-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2013-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „エア・ドゥ、4路線から撤退検討“ (yaponcha). Nihon Keizai Shimbun (16-yanvar 2015-yil). 24-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  4. „Air do appoints new president and CEO“. CAPA - Centre for Aviation. Informa Markets (30-iyun 2019-yil). 12-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  5. „Timetable“. Air Do. 12-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  6. „Destinations“. Air Do. 12-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  7. „Air Do Fleet Details and History“. Planespotters.net (21-mart 2019-yil). 12-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  8. „Global Airline Guide 2016 (Part One)“. Airliner World. № October 2016. 18-bet.

Havolalar

tahrir