Ajdarbey masjidi
40°23′09″N 49°50′16″E / 40.38583°N 49.83778°E
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Shahar | Boku |
Yoʻnalishi | shia |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Shirvan-Absheron arxitektura maktabi |
Meʼmor | Zivər bəy Əhmədbəyov |
Asosiy sana: | |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Ajdarbey masjidi Vikiomborda |
Ajdarbey masjidi (ozarbayjoncha: Əjdərbəy məscidi) — Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 1912-yilda qurilgan masjid. U Ittifoq masjidi nomi bilan ham tanilgan. Meʼmori — Zivər bəy Əhmədbəyov.
Tarixi
tahrirOʻtgan asrning boshlarida, taniqli xayriyachi Ajdarbey Ashurbeyov tomonidan 1912-1913-yillarda Bokuda qurilgan va foydalanishga topshirilgan masjid Ozarbayjonning eng obroʻli diniy ibodat markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu muqaddas ibodatxona dastlab Musulmonlar birligining ramzi sifatida Ittifoq masjidi deb nomlangan[1].
Boku musulmonlarining eng qadimiy va eng katta ibodat joylaridan biri boʻlgan bu masjid Hoji Ajdarbayning shaxsiy byudjeti hisobiga qurilgan. Oʻsha paytda ziyoratgoh 400 kishiga sigʻinish uchun moʻljallangan edi. Biroq, Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng, ushbu masjidga tashrif buyuruvchilar soni ham sezilarli darajada oshdi va bu hududga odamlar kelishi ham koʻpayib, gavjumlashdi. Shu sababli Kavkaz musulmonlari idorasi masjidni rekonstruksiya qilishga va namozxonalar sonini kooʻaytirishga qaror qildi. Taxminlarga koʻra, rekonstruktsiya qilinganidan soʻng, 2000 ga yaqin namozxon bu yerda ibodat qilishi mumkin.
Boku markazida joylashgan va qadimiy va boy tarixga ega boʻlgan Ajdarbey masjidining oʻziga xos xususiyati shundaki, u xalq orasida Ajdarbey masjidi, Moviy masjid yoki Ittifoq masjidi nomi bilan ham tanilgan.
Masjid qurilishining tarixi juda qiziq. Aytishlaricha, Nabat xonim Xoʻjabey qizi Ashurbeyli-Rzayeva Tazapir masjidini qurishni boshlaganda, uning ukasi Ajdarbey unga yordam bergan. Bunga javoban Nabat xonim „Agar sizda imkoniyat va jasorat boʻlsa, oʻzingiz borib masjid qurib bering“ degan va yordam olishdan bosh tortgan. Bu holatda Ajdarbey Ashurbeyov 1905-yilda masjid qurishga qaror qildi va hozirgi Moviy masjidning qurilishiga tamal toshini qoʻydi. Shunday qilib, masjidning qurilishi qiziqarli tasodif edi. Aytishlaricha, masjidning birinchi nomi Ittifoq boʻlgan. Ajdarbey Ashurbeyov masjidni qurayotganida uning maqsadi bu yerga kelgan shialar va sunniylar hech qanday toʻsiqsiz birga namoz oʻqishi edi. Ushbu anʼana bugun ham saqlanib kelinmoqda. Qizigʻi shundaki, Moviy masjid hanuzgacha Islomning har ikki mazhabidagi musulmonlar birgalikda namoz oʻqiydigan yagona joy. Xalq orasida masjid bir necha nom bilan atalishi bejiz emas. Gumbaz rangidan kelib chiqqan holda, bino xalq orasida Moviy masjid deb nomlanadi. Ajdarbey vafotidan keyin uning ismi masjidga berilgan.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2010-yil 25-mayda Bokudagi Ajdarbey masjidini tiklash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida farmon chiqargan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Hacı Əjdərbəy məscidi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-10-03
- ↑ Sərəncam
Vikiomborda Ajdarbey masjidi haqida turkum mavjud |