Ajuga turkestanica — Oʻrta Osiyoda o‘suvchi gulli oʻsimlik turi. Alohida tur sifatida birinchi marta 1894-yilda tasvirlangan[1].

Ajuga turkestanica
Ilmiy tasniflash
O‘simliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki urugʻpallalilar
Asterids
Lamiales
Yalpizdoshlar
Ajuga
A. turkestanica
Binar nomi
Ajuga turkestanica

Sinonimlar

Rosenbachia turkestanica Regel

Tavsif

tahrir

A. turkestanica — balandligi 40 dan 60 sm gacha boʻlgan koʻp yillik o‘t oʻsimlik[2]. Barglari elliptik choʻzinchoq shaklga ega, tekis qirrali, uchi oʻtkir. May va iyun oylarida gullaydi. Gullari kichik, pushti rangga ega va ikkitadan barg qoʻltigʻida joylashgan. May oyining oxirida mevasi pishib yetiladi.

Tarqalish

tahrir

A. turkestanica Oʻrta Osiyoning Pomir-Oloy togʻ tizmalarida, Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida o‘sadi. Bu tur Tojikiston janubidagi past togʻli hududlarda ham topilgan. U dengiz sathidan 2500 metr balandlikdagi toshloq yerlarda oʻsadi. 

Foydalanish

tahrir

A. turkestanica, boshqa koʻplab Ajuga turlari bilan bir qatorda, dorivor taʼsirga ega ekanligi taxmin qilingan[3][4][5][6]. Bugungi kunda A. turkestanica ekstrakti boʻlgan koʻplab bodibilding qoʻshimchalari bor[7]. A. turkestanica turkesteron kabi ekdisteroid hosilalarini oʻz ichiga oladi, ammo ular sutemizuvchilarda anabolik taʼsir koʻrsatadimi yoki yoʻqmi aniq emas[8][9][10][11].

Manbalar

tahrir
  1. Ajuga turkestanica (Regel) Briq“. The Plant List. 2013. Retrieved 4 September 2021.
  2. „Ajuga Turkestanica.“. dermatology.mhmedical.com (2015). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  3. „Bugle, Common“. botanical.com. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  4. „Medicinal Weed: Ajuga, aka Bugleweed“. newlifeonahomestead.com (2014-yil 23-aprel). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  5. Traditional Folk Remedies. Century, 1987 — 95-bet. ISBN 978-0-7126-1731-4. 
  6. "Ethnomedicinal Uses, Phytochemistry, Pharmacology, and Toxicology of Species from the Genus Ajuga L.: A Systematic Review". The American Journal of Chinese Medicine 47 (5): 959–1003. 2019. doi:10.1142/S0192415X19500502. PMID 31416340. 
  7. „Ajuga Turkestanica.“. dermatology.mhmedical.com (2015). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  8. "Ajuga turkestanica increases Notch and Wnt signaling in aged skeletal muscle". European Review for Medical and Pharmacological Sciences 18 (17): 2584–2592. 2014. PMID 25268108. 
  9. "The minor ecdysteroids from Ajuga turkestanica". Phytochemical Analysis 26 (5): 293–300. 2015. doi:10.1002/pca.2563. PMID 25953625. https://hal.sorbonne-universite.fr/hal-01157962/file/Guibout_2015_The_Minor.pdf. 
  10. "Phytoecdysteroids Do Not Have Anabolic Effects in Skeletal Muscle in Sedentary Aging Mice". International Journal of Environmental Research and Public Health 18 (2): 370. January 2021. doi:10.3390/ijerph18020370. PMID 33418916. PMC 7825148. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7825148. 
  11. "Combined Effects of Exercise and Phytoanabolic Extracts in Castrated Male and Female Mice". Nutrients 13 (4): 1177. April 2021. doi:10.3390/nu13041177. PMID 33918334. PMC 8066446. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8066446.