Akarifaglar (yunoncha akari — kana va phagos — yeyuvchi) — yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalar; oʻrgimchakkanalarning tabiiy kushandalari. Sugoriladigan dehqonchilik mintaqalarida oddiy oʻrgimchakkana bilan oziqlanuvchi akarifaglarning 40 turi aniqlangan. Gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridagi oʻrgimchakkakina bilan oziqlanib, ular sonini kamaytiruvchi akarifaglar - stetorus, kanaxoʻr tripe, yirtqich qandala— orius, oltinkoʻzlar, fitoseid oilasiga mansub yirtqich kanalar va boshqa katta ahamiyatga ega. Yirtqich kanalardan issiqxonalardagi oʻsimliklarni, bahor va kuzda esa harorat 30% dan yuqori va havo namligi 60-80% li sharoitda gʻoʻzani zararkunandalardan himoya qilishda hasharotlarni mavsumiy tarqatish usulida foydalaniladi[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "Akarifaglar" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil