Akeley
Akeley, Akleybeher(nemischa: Akeleibecher, Ageleibecher ) — katta „qoʻngʻiroq shaklidagi“ baland qopqoqli, kumushdan ishlangan kubok boʻlib, zargarlik sanʼatiga oid ishlardan sanaladi.
Nomlanishi
tahrirAkeley-shisha idishning nomi boʻlib, bu nom nemis tilida Akelei — Akvilegiya " suvni toʻplovchi " (lotincha: Aquilegia) guliga qiyoslab berilgan. Uning shakli oʻsha davrda manzarali va dorivor oʻsimlik sifatida juda qadrlangan kolumbin „qoʻngʻiroq“ guliga oʻxshaydi, deb hisoblangan[1]. Bundan tashqari, bu gul oʻrta asrlar sanʼatida Muqaddas Ruhning timsollaridan biri boʻlib, odamni jodugarlik va iblisning hiyla-nayranglaridan himoya qilishiga ishonishgan.
Tarixi
tahrirDastlabki akeleylar 15-asrning oxiri[2] yoki 16-asrning boshida[3] yaratilgan.
Bunday qadahni ishlab chiqarish yuqori mahorat talab qilar edi. Shuning uchun ham 15-asrdan 18-asrgacha zargar ustaxonaga ishga qabul qilinayotganida ishlari orasida akeley bokalini taqdim qilishi shart edi. Bu uning mahorati darajasini belgilab bergan.(nemischa: Meisterwerk )[2].
Taxminlarga koʻra, akeleyning birinchi klassik namunasi 1571 yilda taniqli usta, Nyurnberglik „zargar“ (nemischa: Goldschmied ) Venzel Jamnitser [4] tomonidan ishlangan . Keyinchalik ularning aksariyati „Yamnitzerning Akeleylari“ deb nomlangan (nemischa: Jamnitzers Ageleybecher ). Bunday kuboklar Nyurnberg, Augsburg, Gamburgda tayyorlangan. Ular zarhallangan. Gravyura va haykaltaroshlik detallari bilan bezatilgan. Shuningdek, bukl texnikasi (qadahga boʻrtma bezaklar yopishtirilgan, bu oʻz navbatida sirtdagi yorugʻlik oʻyinini kuchaytirgan) qoʻllangan. Ularning shakli Shimoliy Uygʻonish davridan Shimoliy Yevropa manyerizmi va nemis barokkosiga oʻtish davrining estetikasini aks ettirdi[5].
Akeley badavlat byurgerlar, kurfyurst (kadimgi Germaniyada: imperator saylash huquqiga ega boʻlgan davlatmand knyazʼ) lar va qirollar, oʻzlarining muzeylari uchun ajoyib buyumlarni toʻplovchilar orasida juda mashhur edi. Bayram dasturxonida bunday qadahning mavjudligi xonadon egasining badavlat ekanligidan dalolat bergan[1][6] Bundan tashqari, bezak sifatida koʻpincha oʻsimlik ornamentlari[1] va dengiz mifologiyasi obrazlari[6] ishlatilgan.
Tasviriy sanʼatda Akeley
tahrirAkeley koʻpincha XVII-XVIII asrlardagi Gollandiya, Flamand va Germaniya maktablarining natyurmortchi rassomlarining ishlarida aks etgan. 17-asrdagi gollandiyaliklarning rasmlari ham bunga misoldir.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Deutsche Digitale Bibliothek.
- ↑ 2,0 2,1 Manfred H. Grieb.. Nürnberger Künstlerlexikon. Walter de Gruyter, 2007 — 2035-bet.
- ↑ Schmucklexikon.
- ↑ Bolshaya illyustrirovannaya ensiklopediya drevnostey. — Praga: Artiya, 1980. — S. 257
- ↑ Vlasov V. G. Akley, Akleybexer, Aglyaybexer // Vlasov V. G. Noviy ensiklopedicheskiy slovar izobrazitelnogo iskusstva. V 10 t. — SPb.: Azbuka-Klassika. — T. I, 2004. — S. 124
- ↑ 6,0 6,1 Тарасов Ю.А.. Голландский натюрморт XVII века. СПб: Издательство С.-Петербургского университета, 2004 — 29—30-bet.
Adabiyot
tahrir- Edmund Wilhelm Braun. Agleybecher (Ackleybecher). — 1933. — Т. 1. — С. 206—212.
- Karin Tebbe. Nürnberger Goldschmiedekunst – Formtypen und stilistische Entwicklung. — Nürnberg, 2007.
Havolalar
tahrir- „Akeleipokal“. Deutsche Digitale Bibliothek. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.(olm.)
- Leopold Rössler. „Akeleipokal im Schmucklexikon“. 2020-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.(olm.)