Akklamatsiya (lotincha acclamatio-hayqiriq, nido soʻzlaridan; inglizcha acclamation) - muayyan majlisda biror-bir taklifni majlis aʼzolarining oʻzaro qarsaklari, olqishlari, ovozlari, javoblari ifodalangan munosabatlari orqali, oʻzaro ovoz berish va ovozlarni taqsimlash jarayonisiz qabul qilinishi yoki rad etilishini bildiradi . Akklamatsiya xalqaro tashkilotlar, konferensiyalar amaliyotidan joy olgan , chunki bu yo'l masalani ancha qulay va oson yechish usuli hisoblanadi.


Odatda tegishli majlis tomonidan kiritilgan biron-bir taklifga nisbatan ushbu majlis aʼzolari tomonidan eʼtiroz boʻlmagan hollarda akklamatsiya yordamida masalani hal etish taklif qilinadi.


Agar mazkur taklifga nisbatan taraflar tomonidan hech qanday eʼtiroz boʻlmasa, tegishli muhokama akklamatsiya orqali hal etilgan deb hisoblanadi.


[1]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi