Akkomodatsiya spazmi
Akkomodatsiya spazmi yoki soxta miopiya — siliar mushakning spazmi boʻlib, u koʻzning yaqin (yoki uzoq) obyektlarga uzoq vaqt qaratilishi bilan yuzaga keladi. Patologiya koʻzning ortiqcha ishi tufayli zoʻriqishi fokus uzunligidagi oʻzgarishlarga javob berish qobiliyatini yoʻqotishiga olib keladi, natijada uzoq masofadagi yoki yaqindan koʻrish oʻtkirligi yomonlashadi.
Xususiyatlari
tahrirJarayon qayta tiklanadigan yoki ortga qaytuvchi boʻlgani uchun, bu koʻrish nuqsoni ''soxta miopiya'' deb ataladi. Koʻpincha koʻz refraksiyasining zoʻrayib ketishi, koʻzning toʻsatdan yaqindan koʻradigan boʻlib qolishi, uning uzoqdan koʻrish qobiliyatining susayishi bilan ifodalanadi. Spazmda koʻzning faqat yaqindan koʻradigan boʻlib qolishi, koʻpincha yoshlarda kipriksimon tanadagi tegishli muskulchalarning normadan ortiq qisqarib(yoshlar juda koʻp kitob oʻqiganda yoki yozganda) toliqishi natijasida ko'z gavharining nur sindirish kuchi oshadi. Bu holat kipriksimon tanadagi antogonist radial muskulchalar vazifasining susayishiga ham qisman bogʻliq boʻladi. Akkomodatsiya spazmi trabekulyar toʻrga taʼsir qilib, teshiklarni ochadi va koʻz yosh suyuqligining Shlemm kanaliga oqib chiqishini osonlashtiradi. Buning asosiy sababi uzoq muddatli vizual zoʻriqishdir, bu esa koʻzni akkomodatsiya xususiyatini taʼminlaydigan siliar mushakning disfunktsiyasiga olib keladi. Kompyuter texnologiyalari, uyali aloqa vositalaridan tez-tez foydalanish tufayli mehnatga layoqatli yoshdagi bolalar va yoshlar ushbu kasallikka koʻproq moyil boʻladi. Akkomodatsiya spazmi koʻrishning buzilishi tufayli ish faoliyatini pasaytiradi, shuningdek, miopiya rivojlanishining omilidir. A. V. Dashevskiy akkomodatsiyani bunday buzilishining uchta asosiy shaklini aniqlagan, bular:
- fiziologik — uzoq muddatli vizual stress asosida rivojlanadi;
- sun'iy — maʼlum bir dori guruhini qoʻllashda paydo boʻladi, masalan miotiklar. Va shu sababli bu turi medikamentoz akkomodatsiya deb ham ataladi.
- patologik — koʻzning refraksiya kuchidagi patologik oʻzgarishlar, koʻrish oʻtkirligining pasayishi bilan birga keladi .
Simptomlari
tahrirSimptomlar miopiya belgilariga oʻxshaydi. Yaqin masofaga qarash paytida koʻzning tez charchashi kuzatiladi. Ko'ruv organlarida ogʻriq, charchoq, qizarish holatlari koʻrinadi. Koʻrish oʻtkirligining yomonlashuvii, shuningdek bosh ogʻrigʻi paydo boʻlishi mumkin.
Sabablari
tahrirAsosiy sabablar — ortiqcha vizual toliqishlar(kitoblarni oʻqish, kompyuterda ishlash, uyali aloqa vositalaridan meʼyordan ortiq foydalanish va boshqalar) va muhim sabablardan biri ayni mashgʻulotlar bilan shugʻullanish jarayonida yorug'likning yetishmasligidir.
Davolash
tahrirAkkomodatsiya spazmi aniqlanganda spazmga olib kelgan sabablarni bartaraf etadigan kompleks davo amalga oshiriladi. Muammoni bartaraf etish uchun oftalmologlar koʻz qorachigʻini kengaytiradigan va siliar muskullar]ni boʻshashtiradigan koʻz tomchilarini buyuradilar [1] . Oldini olish yaʼni profilaktika uchun sogʻliqni saqlash va gigieyna tadbirlarini kompleks bajarish tavsiya etiladi (koʻzlar uchun mashqlar, jismoniy faollik, oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish yaʼni toʻgʻri ovqatlanish, xususan aynan koruv aʼzolari, ko'rish o'tkirligi uchun foydali mahsulotlar, A vitamini, baliq yog'i va boshqalar). Agar akkomodatsiya spazmi oʻz vaqtida davolanmasa, u doimiy miopiyaga aylanishi mumkin.
Shuningdek akkomodatsiya spazmini lazer terapiyasi bilan ham davolash mumkin. Ushbu usulning samaradorligi bolalik davrida davolanish bilan ortadi.
Akkomodatsiya spazmi uchun jarrohlik amaliyoti asosidagi operativ davo oʻtkazilmaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ Марченко Елена Александровна. „Особенности лечения спазма аккомодации“ (ru). MedAboutMe.ru (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.