Akmal Piskandiyshoir, qozi. Sayyid Akmal, Akmalxon Ya’qubxon o‘g‘li nomlari bilan mashhur. Gʻazallari maqtasida Akmal yoki Piskandiy nomlari keltirilgan. Akmal Piskandiy Toshkent viloyatining Piskent tumanida 1250 hijriy yilda (1834-35) tug‘ilgan. Dastlab Toshkentda, keyinchalik Buxoro madrasalarida ta’lim oladi. Diniy va dunyoviy ilmni puxta egallab, Qashqar hamda Yorkent shaharlarida qozilik qiladi. 1301 hijriy yilda (1883-84) Buxoroda vafot etadi.

Manbalar

tahrir

https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-mumtoz-sheriyati/akmal-piskandiy/