"Akmalning yangi sarguzashtlari" — SSSR Davlat radio va televideniyesi buyurtmasi asosida „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan chiqarilgan ikki qismli musiqali bolalar badiiy filmi[1]. 1983-yilda chiqarilgan telefilmlar orasida eng qiziqarli filmlar qatoriga kiradi[2]. „Akmal, ajdarho va malika“ filmining davomi.

Akmalning yangi sarguzashtlari (Новые приключения Акмаля)
Rejissyor(lar) Yuriy Stepchuk
Ssenariynavis(lar) Lev Arkadev
Rollarda Sokrat Suleymanov, Dilnoza Rasulova, Rajab Adashev , Iroda Aliyeva
Bastakor(lar) Yevgeniy Shiryayev
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1983
Davomiyligi 134 min.
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Til ruscha
Avvalgi film Akmal, ajdarho va malika

Filmning qisqacha mazmuni

tahrir

Avvalgi filmdagi voqealarga ham ikki yil vaqt oʻtadi.

Boshqa hech qayerga qochmaslikka vaʼda bergan Akmal soʻzida turadi, lekin Goʻzal yana ertaklar olamiga yoʻl oladi, Akmal va milisioner Nuriyevlar esa uning ketidan yoʻlga tushishadi. Ertakda maʼlum boʻlishicha, xoin xon Akmalning jasoratini — Qorabotir ajdaho ustidan qozonilgan gʻalabani oʻziga oʻzlashtiradi. Shu bois hech kim haqiqiy qahramonni eslamasligi uchun uning ismini tilga olishni taqiqlab qoʻyadi. Malika Goʻzal xonning buyrugʻiga boʻysunishdan bosh tortadi va keyin otasi uni togʻli koʻlning oʻrtasiga qafasga tiqib qoʻyadi, barcha suv manbalarini toʻsib qoʻyadi va mamlakatni qurgʻoqchilikka duchor qildi.

Goʻzal malika tomon yoʻl oladi, ular boshdan oyoq liboslarini oʻzgartirib oladilar va xon qizi qochib ketadi. Goʻzal, Akmal va milisioner Nuriyev uch tomonga boʻlinishadi. Akmal xon tomonidan asirga olinadi va Nuriyev malika bilan uchrashadi va uni haqiqiy malika deb oʻylab xato qiladi. Ular birgalikda xon saroyiga boradilar, u yerda malika suvni yopadigan kalit tosh yashiringan joyni koʻrsatadigan xaritani oʻgʻirlaydi.

Jodugar xonga Akmalni milisioner bilan qoʻyib yuborishni maslahat beradi Malika kalitni topib, suv manbalarini ochadi, shundan keyin Akmal va Nuriyev uni malika ekanligiga ishonmay, ertaklar olamidan olib ketishadi. Shaharda malika buvisiga topshiriladi, haqiqiy malika u yerdan qochib ketadi. Shahar boʻylab kezib, ertakka qaytishga uringan xon qizi Komil ismli bolani uchratadi va unga oddiy odamlar tomonidan yaratilgan haqiqiy dunyo ertaklar olamidan yomon emas, qaysidir maʼnoda yaxshiroq ekanini koʻrsatadi.

Haqiqiy malikani ertaklar olamidan olib ketishganini Akmal tushunadi va milisioner bilan uni izlab yoʻlga chiqadi. Shuningdek, jodugar ertakdan kelgan malikani qidirish bilan ovora edi.

Bu vaqtda Goʻzal xonni chuv tushirib, uning mulozimlarini hiyla-nayrang bilan zindonga tortadi va ertaklar mamlakatini ozod qiladi. Biroq xon Goʻzal begona ekanligini bilib qoladi. Shunda xon — xalqqa Goʻzalni haqiqiy malika emasligini ochib berishni isotlamoqchi boʻladi. Buning uchun mamlakatda har yil oʻtkaziladigan musobaqa tashkillashtiradi. Unga koʻra Goʻzal kashta tikish, qoʻshiq aytish va taom hozirlashni bilishi kerak edi. Lekin ertakka tushib qolgan qizning bu narsalardan xabari yoʻq edi.

Shunda sehrli bogʻbon va jodugar unga yordamga shoshilishadi, chunki Akmal va Nuriyev ularni xayrli ishlar qilishga koʻndirgan boʻladi. U Goʻzalni sakrogʻich arqonda saroydagilarni chalgʻitayotganda haqiqiy malika ucharotda musobaqaga yetib keladi va oʻz mahoratini namoyish etadi, hamma uning haqiqiy malika ekanligiga ishonch hosil qiladi, shunda xon hokimiyatini qiziga topshiradi.

Film musiqasi

tahrir

Filmda bastakor Yevgeniy Shiryayevning Yuriy Stepchuk sheʼrlari asosida yaratilgan uchta qoʻshiq: „Sehrli mamlakat“, „Tezroq qayt, Akmal!“ va „Ertak“ ijro etilgan.

Rollarda

tahrir
  • Suqrot Sulaymonov — Akmal
  • Dilnoza Rasulova — shunchaki Goʻzal / Malika Goʻzal
  • Rajab Adashev — Jahongir Nuriyev, milisioner
  • Iroda Aliyeva — jodugar
  • Vohid Qodirov — Xon, malika Goʻzalning otasi
  • Xayrulla Sagdiyev — chol — sehrli bogʻbon-Otajon ota
  • Ulugʻbek Hamroyev — Komil
  • Tesha Moʻminov, Bekzod Hamroyev, Marat Rahmatov, Mushrafa Qosimova, Georgiy Tatonov, Maqsud Mansurov, Orif Ubaydullayev, A.Shayxov, M.Otaboyev, Uchqun Rahmonov, Anvar Kenjayev, Sagdi Tabibullayev, T.Nurmuxamedov, M.Mirzabekov, Saidmurod Ziyautdinov, R.Xodjayev

Epizodlarda:

  • A.Abdukarimov, F.Arifova, N.Imanxoʻjayeva, Z.Qaharova, A.Li, Noila Maxmudova, Toʻxtasin Muratov, Muin Muxitdinov, Mukambar Rahimova, D.Sultonova, S.Toshkenboyeva, M.Tursunxoʻjayeva, Z.Xaliulina, Farida Xodjayeva, Mashrab Yunusov, Maryam Yoqubova.

Suratga olish guruhida

tahrir
  • Rejissor: Yuriy Stepchuk
  • Ssenariy muallifi: Lev Arkadiyev
  • Postanovkachi-operator: Lev Simbirsev
  • Postanovkachi-rassom: Igor Gulenko
  • Bastakor: Evgeniy Shiryayev
  • Ovoz operatori: Nariman Shodiyev
  • Rejissor: Marat Rahmatov
  • Operator: Umar Odilov
  • Grimchi-rassom: Volodimir Borshchak
  • Montaj ustasi: Adiba Nasirova
  • Qoʻshimcha suratga olish ishlarida: Operator — B. Vasilenko Rassom — H.Rashitov Pirotexnik ustasi — A.Pantyushin
  • Assistentlar: Rejissorlar — O. Ubaydullayev, A. Kuznesova Operator — Sh.Nurmuhamedov Rassomlar — M.Jabborov, N.Taxautdinov Montaj ustalari — L.Vayner, A.Xabirova Ovoz operatori — E.Seidjalilov
  • Qoʻshiq matni: Yuriy Stepchuk
  • Muharrirlar: K.Dimova, A.Xvan
  • Musiqa muharriri: E.Paderina
  • SSSR Goskino orkestri Dirijyor — E.Bagirov
  • Maʼmuriy guruh: A.Mirahmedov, X.Sagatov
  • Kartina direktori: Sharif Qosimboyev

Manbalar

tahrir
  1. Карпушина, Е. М., Анатолий Высторобец. Телевизионные художественные фильмы для детей и фильмы-сказки: аннотированный каталог. Гостелерадиофонд, 2002 — 193-bet. 
  2. Fyodor Razzakov. „Gibel sovetskogo TV“.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir