Aksilreklama
Aksilreklama — notoʻgʻri (insofsiz, bila turib yolgʻon) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya („Reklama toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonuni 4-moddasi). Vakolatli davlat organlari reklama toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, qonunbuzar mazkur organlarning qaroriga binoan va ular koʻrsatgan muddatda aksilreklama berish shart. Aksilreklama berish, shuningdek ixtiyoriy ravishda yoki sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. Aksilreklama berishni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qonunbuzar tomonidan qoplanadi. Agar qonunbuzar aksilreklamani reklama toʻgʻrisidagi qonun xujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ belgilagan muddatda bermasa, mazkur organ qonunbuzarning reklamasini u aksilreklamani bergunga qadar toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga hamda reklama toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarini buzgan shaxs bilan shartnoma tuzgan taraflarni xabardor qilishga haqlidir. Aksilreklama raddiya berilayotgan reklama eʼlon qilingan ayni oʻsha OAVda, ayni oʻsha muddat, makon, joy va tartibdan foydalangan holda beriladi [1].
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi